“Beeline Club” Facebook ijtimoiy tarmog‘ida foydalanuvchilar orasida kompyuter sovrinli o‘yinini o‘tkazmoqda
14.04.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) Facebook‘da http://www.facebook.com/beelineclub “Men Beeline Club ishtirokchisiman” tanlovini o‘tkazmoqda. 30 maygacha tanlovning oddiy shartlarini bajargan “Beeline Club” sahifasining foydalanuvchilari supersovrin – kompyuter yutib olishlari mumkin.

beeline_14_04_2014

““Beeline Club” imtiyozli dasturi doimo sovg‘alar va kutilmagan yangiliklar bilan yodga tushadi, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. — Sahifadagi hozirgi tanlov Facebook tarmog‘ida ko‘proq foydalanuvchilarni qamrab olish va ularning ichida eng omadlisini aniqlash uchun tashkillashtirilgan. Foydalanuvchilar ishonchi biz uchun qadrli, shuning uchun “Men Beeline Club ishtirokchisiman” loyihasi an‘anaviy holda ochiq-oydin”.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi shartlarni bajarish lozim:
— “Beeline Club” sahifasiga “Like” qo‘yish https://www.facebook.com/beelineclub
— Tanlov haqidagi yangilikga “Like” bosish
— Post ostida “Men Beelie Club ishtirokchisiman” degan sharh yozish
— O‘z sahifangizda ushbu post bilan bo‘lishish (“Share” bosish)

Tanlov g‘olibi maxsus resurs – tasodifiy sonlar generatori orqali aniqlanadi. Tafsilotlar — https://www.facebook.com/beelineclub saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq