CLICK – bank tizimi uchun eng yaxshi axborot-texnologiya yechimi!
11.04.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

click_11_04_2014

CLICK kompaniyasi BANK EXPO 2014 ko‘rgazmasi doirasida “Bank tizimi uchun eng yaxshi axborot-texnologiya yechimi” nominatsiyasida mukofotga sazovor bo‘ldi.

CLICK kompaniyasi Toshkent shahrida 9 va 10-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Bank EXPO 2014 ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Ushbu ko‘rgazma doirasida ishtirokchilar turli nominatsiyalarda taqdirlandilar. Shunda CLICK kompaniyasi “Bank tizimi uchun eng yaxshi axborot-texnologiya yechimi” nominatsiyasida taqdirlandi.

Bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada kompaniya tashrif buyuruvchilarga o‘zining bugungi kunda mavjud bo‘lgan keng ko‘lamli yechimlarini ko‘rsatdi va CLICK tizimining funksionali va imkoniyatlari to‘g‘risida demonstratsion ko‘rsatmalar tashkil qildi. Shu bilan birga, kompaniya stendida har bir tashrif buyuruvchi mobil va internet banking sohasidagi eng zamonaviy yechimlar bilan tanishishga va o‘z mobil telefon yoki internet orqali real vaqt rejimida kunlik to‘lovlarni o‘tkazishga imkoniyat beradigan CLICK tizimiga ulanish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi.

“Ko‘rgazma tashkilotchilari va bizning stendga tashrif buyuruvchilari tomonidan kompaniyamiz xizmatlariga va IT-yechimlariga berilgan yuqori baho CLICK tizimining qulayligini yana bir bor tasdiqlamoqda. Ko‘rgazma tashkilotchilariga, stendimizga tashrif buyurganlarga va albatta, tizim foydalanuvchilariga qilgan tanlovlari uchun minnatorchiligimizni bildirib, shuni ta’kidlamoqchimizki, tizimimiz bundan buyon ham rivojlanib boradi va foydalanuvchilarimizga yanada qulay va qiziqarli yechimlar taqdim etiladi”, dedi kompaniya direktori Ulug‘bek Rustamov.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq