“Beeline”da amaliyot o‘tash uchun arizalar qabul qilish davom etmoqda
09.04.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) III va IV kurs talabalari uchun “Uchinchi avlod-2014” tashqi o‘quv dasrutida ishtirоk etish uchun so‘rovlarni yig‘ishni davom etmoqda. Bugungi kunda mamlakatning turli oliy o‘quv yurtlarining talabalaridan kompaniyada amaliyot o‘tash uchun 150dan ortiq anketalar topshirilgan.

beeline_9_04_2014

Eslatib o‘tamiz, bu yil “Uchinchi avlod-2014” dasturi doirasida “Beeline”ning tijorat direksiyasi, axborot texnologiyalari direksiyasi, shuningdek texnik direksiyalarida amaliyot o‘tash ochilgan. So‘rovlar va rezyumelar graduate@beeline.uz elektron manzili orqali qabul qilinmoqda.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Har kuni bizga talabalardan anketalar va arizalarni uzaytirish bo‘yicha savollar kelmoqda. Shu sababli biz ularni vaqt bilan cheklamasdan arizalar qabulini davom etishga, so‘ngra eng yaxshilarini “Beeline”da amaliyot o‘tashga taklif qilishni qaror qildik. Qo‘shib o‘tish joiz, arizalar barcha oliy o‘quv yurtlarining darslarni yaxshi o‘zlashtirayotgan III va IV kurs talabalaridan qabul qilinadi”.

Amaliyot natijalariga ko‘ra eng muvaffaqiyatli talabalarga o‘qish bilan moslashgan holda maxsus ish jadvali, istiqbolda esa “Beeline”ning doimiy xodimi ish o‘rni beriladi. “Uchinchi avlod” amaliyot o‘tash doirasi 2014 yilning iyun-avgust oylariga rejalashtirilgan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq