“Beeline” Marg‘ilonda savdo va xizmat ko‘rsatish yangi ofisini ochmoqda
09.04.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) savdo va xizmat ko‘rsatish yangi ofisi ishga tushayotganligi haqida xabar bermoqda. 10 aprel kuni soat 10:00da kompaniyaning navbatdagi xususiy salonining tantanali ochilish marosomi bo‘lib o‘tadi.

beeline_9_04_2014_1

“Bizning xizmat barcha abonentlar uchun qulay bo‘lishi uchun biz “Beeline”ning ham qoplash doirasini, ham xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqdamiz, — deydi “Unitel”ning sharqiy hududiy filialining direktori Sanjarbek Iminov. – Ishonaman, marg‘ilonlik abonentlar yangi ofisning imkoniyatlarini munosib baholaydilar”.

Tantanali ochilish marosimi ertaga quyidagi manzil bo‘yicha bo‘lib o‘tadi: Mustaqillik ko‘chasi, 470 uy, mo‘ljal “Uvaysiy” kinoteatri. Tantanali ochilish marosimi dasturida – yangi salon bo‘ylab ekskursiya, mehmonlar chiqishi, asosiy sovrin Samsung Galaxy S III mini smartfonini va oltin raqamlar o‘yini barcha tashrif buyurganlar uchun bo‘lib o‘tadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq