Idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish masalalari muhokama qilindi
03.04.2014
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

cc_3_04_2014

Joriy yilning 2 aprel kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “Idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish tartibini takomillashtirish” mavzuida o‘quv-seminari tashkil etildi. Unda Qo‘mita tizimidagi korxona va tashkilotlarning yuridik xizmatlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘yicha mas’ullari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 19 maydagi № 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek Adliya vazirligining 2014 yil 28 fevraldagi №53-son davlat idoralarida me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish tartibini takomillashtirishga oid buyrug‘i(№ 2565 ot 2014 yil, 28 fevraldagi)ga muvofiq, Idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidasi qabul qilingan.

Qayd etilganidek, idoraviy me’yoriy hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan sub’ektlar doirasi nihoyatda keng va xilma-xildir hamda idoraviy hujjatlar qonun hujjatlari normalarini bevosita qo‘llash bilan bog‘liq qoidalarni o‘zida namoyon etadi. Shu sababli, ulardagi normalarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlarning maqsadlari va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasiga muvofiqligini tekshirish, vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralarning mazkur hujjatlarni qabul qilish, e’lon qilish, manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishning belgilangan tartibini bajarish bo‘yicha ishlarini nazorat qilish hamda muvofiqlashtirishni talab etadi. Bu vazifa O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zimmasiga yuklatilgan.

cc_3_04_2014_1

Tadbirda qabul qilingan yangi Qoidaga ko‘ra, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy-huquqiy hujjatlarni Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qaror, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini ijrosi yuzasidan qabul qilishi lozimligi, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari idoraga oid me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilishga haqli emas. O‘z o‘rnida vazirlik va idoralar boshqa organlar tomonidan va o‘zining hududiy tuzilmalari tomonidan taqdim etilgan huquqiy hujjatlarni qonuniylashtirish vakolotiga ega emasligi, shuningdek, Qoidalarda me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash, uning huquqiy ekspertizasi, kelishuv, qabul qilish, davlat ro‘yhatidan o‘tkazish, idora huquqiy hujjatlariga o‘zgartirish kiritish, tuzilmasi, ularni amal qilish muddatlari bo‘yicha tartiblar belgilangani aytib o‘tildi.

Seminar ishtirokchilari masala yuzasidan o‘z taklif-mulohazalarini bildirib, qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq