“Beeline” ofislarida “Samsung” smartfon va planshetlariga doimiy chegirmalar
03.04.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) ommapob “Samsung” smartfon va planshetlariga doimiy ravishda chegirmalar taqdim etilgani haqida xabar beradi. Premium qatorli Galaxy devayslarini foydali narxlarda harid qilgan abonentlarimiz “Beeline Club” imtiyoz kartalari va internet-paketlar kabi kafolatlangan bonuslarni qo‘lga kiritadilar.

beeline_3_04_2014

“Ommabop “Samsung” moslamalarini yoqimli chegirmalar va bonuslar bilan sotuvi yil boshidagi haqiqiy xitga aylandi, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning ommaviy bozorda sotuvlar bo‘yicha direktori Maksim Yefremov. — Ushbu taklifga ko‘tarilgan qiziqishni kuzatgan holda, mijozlarimizni vaqt doirasi bilan cheklamaslikka qaror qildik va avval aytilgan gadjetlarga chegirmalarni uzaytirdik”.

Chegirmalar quyidagi modellarga amal qiladi:
• Samsung Galaxy SIII mini – 777 000 so‘m
• Samsung Galaxy Ace 2 – 666 000 so‘m
• Samsung Galaxy Note 10.1 – 1 499 000 so‘m

Tafsilotlar www.beeline.uz saytida

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq