Bosma OAVni yetkazib berish tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
02.04.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

smi_2_04_2014

Joriy yilning 2 aprel kuni Toshkent shahrida “Matbuot tarqatuvchi” AK tomonidan Bosma ommaviy axborot vositalarilarini tarqatishni yanada rivojlantirish yo‘lida belgilangan chora-tadbirlar, obuna narxlarini pasaytirish borasida olib borilayotgan ishlar va nashrlarning obunachilarga belgilangan muddatda yetkazib beri

lishini ta’minlash xususida” mavzusida matbuot anjumani tashkil qilindi. Tadbir ishtirokchilari, jamoatchilik vakillariga mavzu yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

“2011-2014 yillarda vaqtli nashrlarni tarqatish tarmog‘ini zamonaviylashtirish va xizmatlarning yangi turlarini joriy etish Dasturi” doirasida tizim korxonalaridagi mavjud «Matbuot» kiosklarining 737 donasi joriy va 218 donasi kapital ta’mirlandi, marketing tadqiqotlariga asosan aholi gavjum joylarga 128 dona yangi kiosklar joylashtirildi hamda poytaxtimiz Toshkent shahrining markaziy ko‘chalarida yangi tipdagi kioskalardan 85 donasi joylashtirildi.

Kompaniyaning www.akmt.uz veb-saytidan foydalangan holda davriy nashrlarga internet orqali obuna qabul qilish, obuna to‘g‘risida tezkor ma’lumotlarni olish yo‘lga qo‘yilgan va bu xizmat turini yanada rivojlantirilmoqda. Ushbu saytda Kompaniya axoli va tashkilotlar uchun Obuna katalogining elektron ko‘rinishi joylashtirgan.

Obuna to‘lovlarini plastik kartochkalar orqali qabul qilishni tashkillashtirish, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida kompaniya shaxobchalarida terminallar soni 273 taga ko‘paytirildi. Shu bilan birga VEB SUM, INTERNET BANKING va KLIK to‘lov tizimlari orqali obuna uyushtirishga va xisob-kitob ishlarini amalga oshirishga imkoniyat yaratilgan.

Joriy yilda Kompaniyaning obunani rasmiylashtirish va yetkazib berish xarajatlari bo‘yicha tariflari sezilarli darajada pasaytirildi hamda “O‘zbekiston pochtasi” OAJ davriy nashrlarni viloyat markazlarigacha yetkazib berish tariflari o‘tgan yil miqdorida saqlab qolinib, Kompaniya imkoniyatlaridan kelib chiqib ba’zi nashrlarga, xususan ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega davriy nashrlarning obuna narxlarini pasaytirishga erishildi. 2014 yil obuna kataloglari shakllantirilganda ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega va bolalar uchun nashrlarga imtiyozlar qo‘llanildi.

Kompaniyaning chakana savdo tizimida o‘tgan yillar davomida 134 turdagi kitob mahsulotlari savdoga chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda 1400ga yaqin xar xil turdagi kitob mahsulotlari tarmoq kiosklari orqali sotuvga qo‘yilgan.

Matbuot do‘konlari sotuvchilarini qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida har yili “Davriy matbuotning eng yaxshi sotuvchisi” ko‘rik-tanlovini ham tashkil etib kelmoqda.
Matbuot anjumani yakunida ommaviy axborot vositalari xodimlarining mavzu va kompaniya faoliyatiga oid savollariga mutasaddi vakillar tomonidan javob berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq