“Beeline”ning yangi abonentlari uchun “Welcome bonus” aksiyasi doimiy xizmatga aylandi
02.04.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) “Welcome bonus” aksiyasi doimiy ravishda amal qilishi haqida xabar beradi. Endi kompaniyaning barcha yangi abonentlari yoqimli muloqot uchun kafolatlangan bonuslarni qo‘lga kiritadilar.

“Biz har bir abonentga xursandmiz, shuning uchun aynan ular uchun “Welcome bonus” aksiyasini ishlab chiqardik, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. — Ishonaman, uyali aloqa operatori bilan tanishuvni sovg‘alar olish bilan boshlash – juda yoqimli, va bizning mo‘ljalimizga mijozlar bilan hamkorlik va hattoki do‘stlik aloqalarini jiddiy va uzoq vaqtga qurish kiradi”.

beeline_2_04_2014

“Bravo O!” tarifining yangi abonentlari yoqilish paytida “Beeline”ning tarmoq ichidagi qo’ng’iroqlari uchun bepul 200 daqiqa olishadi, ”Oson!” va “Qo’shnilar+” tarif rejalari abonentlari ulanish paytida O’zbekiston bo’ylab jo’natish uchun 200 bonusli SMS olishadi, Zo’r-Zo’r MIX yangi abonentlariga bepul 10 Megabayt taqdim etiladi. Bonuslarning amal qilish muddati – 7 kun.

Bepul daqiqalar qoldig‘ini *106# kodini terib, bepul SMSlarning qoldig’ini *105# kodini terib, bepul MB qoldig’ini — *103# kodini terib tekshirish mumkin.

Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq