“Beeline” “Tungi tezlik” tarif rejasida bir soatga ko‘p internet hadya qilmoqda

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) “Tungi tezlik” tarif rejasi shartlarining yaxshilanganligi haqida xabar beradi. Endi “Beeline”ning simli internetidan foydalanuvchilari avvalgi narx evaziga bir soat ko‘proq — soat 00:00dan 09:00gacha yuksak tezliklardan bahramand bo‘la oladilar.

Voqaeni sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: ““Beeline”dan simli internet – bu yuksak tezlikdagi sifat va barqarorlikning manodosh so‘zidir. Ishonamiz, bu yangilik ko‘p abonentlarimiz muvofiq baholaydilar, va bu “Beeline”ning mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bobida navbatdagi oldinga qadam bo‘ladi”.

“Tungi tezlik” tariflari foydalanuvchilari har oyda 25 000 Megabayt trafikka ega bo‘ladilar. Ular buni 1024 Kbit/s (ADSL abonentlari uchun) yoki 10 240 Kbit/s (FTTB abonentlari uchun) tezlikda 00:00 dan 09:00 gacha ishlatishlari mumkin. Oylik abonent to‘lovi $15 ni tashkil qiladi.

Tafsilotlar http://fixed.beeline.uz saytida

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system