WEST quvnoqlar va zukkolar jamoasiga “Beeline” “Zo‘r-Zo‘r” sovrinini topshirdi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) quvnoqlar va zukkolarning «Zolotoy Bolt–2013» festivalida eng yaxshi jamoalarni maxsus sovrin bilan belgiladi. Toshkentdagi Halqaro Vestminster Universitetining WEST jamoasiga “Mavsumning eng g‘ayratli va faol jamoasi 2013” faxriy “Zo‘r-Zo‘r” sovrini topshirildi. Ikkinchi sovrin – “Mavsumning eng noyob sahna ko‘rinishi 2013” nominatsiyasida Gubkin nomidagi Rossiya Neft va Gaz Universitetining «Долото» jamoasiga berildi.

beeline_31_03_2014

Voqaeni sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Quvnoqlar va zukkolar yil sayin yorqin artistik sahna ko‘rinishlari va tengi yo‘q hazil-mutoyibalari bilan tomoshabinlarni quvontirmoqda. Shuning uchun kompaniyamiz O‘zbekistondagi Quvnoqlar va Zukkolarning odatdagiday mobil hamkori sifatida chiqmoqda, va bu safar biz ajoyib chiqishlari bilan tomoshabinlarni o‘ziga rom qilgan eng yaxshi jamoalarni mamnuniyat bilan aniqladik”.

beeline_31_03_2014_1

29 mart kuni Yoshlar Ijod Saroyida Quvnoqlar va Zukkolarning «Золотой Болт–2013» konsert festivali doirasida yetti jamoa ishtirokida tantanaviy marosim bo‘lib o‘tdi: «Vixodnoy/Gudok», WEST, «Doloto», Inter, «Na lyubitelya», «Vsyo prosto» va «YurFak». Festivalda 2013 yil mavsumining eng yaxshi chiqishlari ko‘rsatildi. Tavsilotlar www.kvn.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system