Shavqatsizlik mazmunidagi video‘yin ishlab chiquvchilar ko‘proq soliq to‘lashlariga to‘g‘ri keladi

Kongressmen Deyv Kemp tashabbusi bilan amerika soliq tizimidagi islohotlarga quyidagi punkt: mazmunida shavqatsizlik, o‘lim sahnalariga ega video‘yin ishlab chiquvchilar ko‘proq soliq to‘lashga majbur bo‘ladilar.

Qonun loyihasining dastlabki versiyasida zamonaviy video‘yin ishlab chiquvchilar o‘z mahsulotlarini amalga oshirishda yangi texnologiyalardan foydalanib, juda katta pul mablag‘larini investitsiya qiladilar, shu sababdan ularga R&D soliq kreditlari taqdim etiladi, ular turli tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Davlat video‘yin ishlab chiquvchilardan tadqiqotlar uchun sarflangan mablag‘lardan kamroq soliq oladi. Qonun loyihasida shavqatsizlik mazmunidagi video‘yin ishlab chiquvchilari mazkur imtiyozga ega emasligi alohida ta’kidlangan. Ular yuqori darajadagi belgilangan soliqni to‘laydilar. Shavqatsizlik mazmuniga ega videoo‘yin ishlab chiquvchilarni qanday aniqlashlari hali ma’lum emas. Bunday ma’lumotlar qonun loyihasi kiritilishi davrigacha ishlab chiqiladi. Agar ishlab chiquvchilar har ikki vazifalarni ham amalga oshiruvchilar safiga kirsalar, qanday ish tutilishi ham ma’lum emas. Masalan, Battlefield harbiy o‘yinlar hamda NBA Live basketbol sporti simulyatori o‘yinlari — E kompaniyasi shundaylardan hisoblanadi. R&D-soliq imtiyozlari Yevropada amal qiladi, biroq AQSH uchun — mazkur muhim yangilik bo‘lib hisoblanadi. Qonun loyihasi o‘yinlar industriyasi rivojiga qanday ta’sir etishi noma’lum. Biroq shavqatsizlik mazmuniga ega video‘yinlar soni qisqarishi aniq.

Manba: www.gizmonews.ru

Orphus system