Samsung Galaxy S5 va soat-bilaguzuk smartfonni taqdim etdi

sam_31_03_2014

Samsung kompaniyasi Barselonadagi Jahon mobil kongressida jismoniy faollik trekeri sifatida ishlaydigan yangi Galaxy S5 va soat-bilaguzuk smartfon modelini taqdim etdi.

Galaxy S5 smartfoni diagonali 5,1 duymdan iborat Super AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Razresheniyesi standart 1080p, biroq displey — Adaptive Display texnologiyasi ta’sirida tasvirli kartina yoki va ranglar jilvasini uzatuvchi sifatida aks etib tura oladi. Mazkur tasvir mualliflari S5 orqa qopqog‘ini silab ko‘rilsa, yoqimli ranglar jilvasi, moviy va sarg‘ish tusda tovlanishini ma’lum qildilar. Yangi smartfon — barmoq izlarini skanerlash hamda puls o‘lchagich ko‘rsatkichlariga ham ega.

Galaxy S5 texnik ko‘rsatkichlari

  • Android 4.4 KitKat.
  • 16-megapikselli asosiy kamera, frontal 2 MP.
    Fokuslash vaqti 0,3 s.
  • 2 GB RAM.
  • 16–32 GB flesh-xotira.
  • MicroSD kartalari.
  • IP67 reytingli suv o‘tmas qoplama.
  • 802.11 ac Wifi, with MIMIO (2×2).
  • LTE Cat.4 (150/50Mbps).
  • Bluetooth 4.0 LE.
  • USB 3.0.
  • NFC.
  • Infraqizil port.
  • Almashtiriladigan akkumulyator 2800 mAch (390 soatga kutish rejimida, 21 soat suhbatga, 12 soat video tomosha qilishga, 10 soat LTE bo‘yicha veb-serfing).

Shunisi qiziqki, telefonga o‘rnatilgan tizimli va boshqa fayllar taxminan 8 GB xotirani band etadi. Galaxy S5 rasmiy savdosi jahonning yuzdan ortiq mamlakatlarida 2014-yil 11-aprel kuniga belgilangan.

sam_31_03_2014_1

Gear Fit soat-bilaguzuk smartfoni AMOLED-ekrani egilgan 1,84 duymli diagonalli hamda 432×128 pikselli tachskrin bilan qoplangan. Bluetooth bo‘yicha soatga yangi SMS kelgani haqida xabar beriladi. Bilaguzuk suv o‘tkazmaslik haqida yuqori reytingga ega va egasining pulsini o‘lchay oladi. Bir marta quvvat olgan akkumulyator — undan qanday faol foydalanilganiga ko‘ra bilaguzuk 3–5 kun ishlay oladi. Bundan tashqari, Gear Fit bilaguzuk-qismlarining turiga ko‘ra Gear 2 va Gear 2 Neo variantlari ham taqdim etilgan, biroq Gear 2ga o‘xshash kameraga ega bo‘lmasa ham, Gear Fit ular orasida eng keng tarqalganidir. Gadjetlarning bahosi, qachon savdoga chiqishi ma’lum emas.

Manba: www.samsung.com

Orphus system