Planshetlar restoran ofitsiantlariga raqobat qiladi

Vashingtondagi Bolt Burgers tamaddixonasida ovqatga buyurtma uchun planshet qo‘llanilmoqda. Keyingi vaqtlarda Amerika restoranlarida stollarga buyurtmalar uchun planshetlar joylashtirilmoqda.

plan_31_03_2014

Ofitsiantlar ham hozircha xizmat qilmoqdalar, biroq tashrif buyuruvchilar «garson»ni kutishga xohish bildirmoqdalar, tachskrinda mustaqil tanlovni amalga oshirmoqdalar. AFP ma’lumotiga ko‘ra bu barcha uchun qulay va foydali: restoran mehmoni tezroq ovqatni oladi va ma’muriyat esa xodimlar maoshining tejalishidan manfaatdor. Agar shunday davom etsa, restoranning odatiy xushmuomala ofitsiantlari butunlay tarixda qolishi mumkin. AQSH’da o‘tkazilgan so‘rovnomada 7% aholi ovqatga planshet vositasida burutma berishga ulgurganlar, 40% aholi agar shunday imkoniyat taklif etilsa, mazkur texnologiyadan foydalanish xohishini bildirganlar. «Texnologiyadan foydalanish istagini bildirganlar soni biz xohlaganimizdan ham yanada ko‘proq bo‘lib chiqdi», — hayratda deydi Bolt Burgers sohibi Mayk Devidson (Mike Davidson). Yoshlar orasida planshetlar xizmatining tanlovi deyarli yuz foizni tashkil etdi.

Manba: www.xakep.ru

Orphus system