Olimlar mobil telefonlari sog‘liq uchun xavfli emas deb ta’kidlaydilar

mob_31_03_2014

Mobil telekommunikatsiyalarining sog‘liqqa ta’siri (Mobile Telecommunications and Health Research, MTHR) sohasidagi dastur bo‘yicha 11 yillik tadqiqotlardan so‘ng o‘z ishini yakunladi. Tadqiqotlar Buyuk Britaniyada olib borildi, Uning budjeti deyarli 14 million funt sterlingni tashkil etdi.

Ilgari mobil telefonlari va bazoviy stansiyalar foydalanuvchilar, hali tug‘ilmagan chaqaloqlar hamda homilador ayollarda qator jiddiy kasalliklarning xavfini kuchaytiradi deb ta’kidlanardi. Ko‘plab ishlab chiqaruvchilar mobil qurilmalari uchun ustidan yopishtirgich moslamalarini chiqarib, ta’minlay boshladilar hamda yo‘riqnomalariga mazkur qurilmalarda nurlanish so‘g‘liqqa zarar qilish xavfidan himoyalanganligi haqidagi yozuvni kiritdilar.

Natijada MTHR dasturi ta’sis etilgandi. Mustaqil tadqiqotlar Britaniya hukumatidan ham, telekommunikatsiya kompaniyalari tomonidan ham moliyalashtirildi. Tadqiqotlar xolis va taxminlardan uzoq hamda natijalar haqqoniy bo‘lishi uchun qo‘mita tuzildi. Tadqiqotlar xulosalari tasdiqlashicha, ilgari ko‘p takrorlangan: inson salomatligiga to‘lqinlarning salbiy ta’sirining isboti topilmadi. Biroq Dastur rahbari, professor Devid Koggon shunday: «tadqiqotlar mobil telefonlari hayot uchun qandaydir xavf tug‘dirishi mumkin degan fikrni rad etmaydi, biroq ularning ta’siri juda kuchsiz yoki aniqlash uchun 11 yildan ortiq vaqt talab etiladi» degan kichik qo‘shimcha sharhni bayon etdi. Buni yangi COSMOS dasturi natijalari aniqlashi kerak. Uning doirasida uzoq vaqt mobil telefonidan foydalanadigan 100 mingdan ortiq kishida kuzatilgan natijalar tahlil etiladi.

Manba: www.onegadget.ru

Orphus system