MWC 2014 soha tarixida eng katta voqea bo‘ldi

Barselonada o‘tkazilgan Jahon mobil kongressi 2014 telekommunikatsiyalar sohasi tarixida eng katta voqea bo‘ldi. Unda 201ta mamlakatdan 85 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Kongress ishida 74 nafar vazir ishtirokida 160ta mamlakatdan hukumat delegatsiyalari faoliyat yuritdi.

mwc_31_03_2014

GSMA tashkilotchi-kompaniya ma’lum qilishicha bu yilgi Barselona — Jahon mobil kongressida 201ta mamlakatdan 85 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Bu mobil industriyasi sohadagi tadbirlar uchun rekord ko‘rsatkich bo‘lib, ishtirokchilar MWC 2013dan 18% ortiqdir. 98 ming m2. joyni egallagan MWC 2014 ko‘rgazmasida 1 800ta kompaniya-eksponentlar ishtirok etdi. Voqeani 3 800 nafar jurnalist va analitiklar, jumladan, CNews muxbirlari yoritdilar.

«Hayratga soluvchi ishtirokchilar va kompanyalar, tadbirlarga tashrif buyuruvchilar soni, o‘tkazilgan kongress miqyosining o‘sishi mobil texnologiyalarining kundalik hayotimizga, barcha amalga oshirayotgan ishlarimizga qanchalik yuqori darajada kirib ketganligi, joriy etilayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz», — ta’kidlab o‘tdi, GSMA Ltd bosh direktori Jon Xoffman. To‘rt kunlik kongress ishlari yirik mobil operatorlari, IT-vendorlar, internet-kompaniyalar hamda avtomobilsozlik sanoati korxonalari, moliyaviy sektor, sog‘liqni saqlash, shuningdek, 74 nafar vazir ishtirokida 160ta mamlakatdan hukumat delegatsiyalarini jalb etdi.

2014-yil 50 foizdan ortiq ishtirokchi direktor lavozimi darajasidagi top-menejerlar bo‘lib, ulardan 4 500 nafari — bosh direktorlardan iborat bo‘ldi. Faqatgina 18% ishtirokchi ayollarni tashkil etdi. Konferensiya sessiyalarida Facebook asoschisi va bosh direktori Mark Sukerberg, IBM prezidenti Virdjiniya Rometti, shuningdek, Alcatel-Lucent, America Movil, Bitcoin Foundation, Cisco, Citigroup, Connecthings, EMC Corporation, Etisalat Group, Ford Motor Company, Isis, Jasper Wireless, Kakao Corp., KDDI, Lookout, Millicom, NTT DOCOMO, Raspberry Pi Foundation, Shazam Entertainment, Shhmooze, SingTel, SK Planet, Tele2 Group, Viacom International Media Networks hamda WhatsApp kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Manba: www.mobileworldcongress.com

Orphus system