iBag «Aqlli» ayollar sumkachasi egasini serxarajatlilikdan cheklaydi
31.03.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

bag_31_03_2014

Ayrim ayollar pul qadrini umuman bilmaydigandek tuyuladilar. Ha deb, do‘konlarga serqatnov bo‘lib, qo‘llariga nima to‘g‘ri kelsa, sotib olaveradilar, natijada juda katta mablag‘larni bekorga sarflab yuboradilar. Bu holatni boshqarishning deyarli iloji yo‘q, biroq shunday serxarajatlilikdan himoya qila oladigan maxsus iBag nomli sumkacha sifatidagi texnik vosita mavjud.

iBag ayollar sumkachasi intellektual funksiyaga ega qurilmaning prototipi hisoblanadi, ularning egasi pul mablag‘ini joylashtirishi bilan o‘z-o‘zidan qulflanib qoladi. Bunday vaziyatni qator ko‘rsatkichlar orqali tahlil qiladi, bunga kiritilgan Arduino platforma javob beradi. Uning bortida GPS-chipset mavjud bo‘lib, agar sumkacha bekasi sevimli do‘konlariga yaqinlashsa, uning telefoniga jiddiy ogohlantiruvchi SMS-xabar keladi. Agar xariq qilishlar ishqibozi bo‘lgan xonim dasturning ogohlantirishlariga quloq solmasa, yana bir himoya dasturi ishga tushadi. iBag sumkachasi barcha harakatlarni qayd eta oladi, masalan, har gal xamyonni olib, ochayotgan xonim haqida turmush o‘rtog‘iga SMS-xabar formatida ma’lumot yuboradi. Hozirda qurilma avstraliyalik ishlab chiquvchilar tomonidan testdan o‘tkazilmoqda, uning ayollar va erkaklarga mo‘ljallangan versiyalari mavjud.

Manba: www.mobiledevice.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq