Faro Focus3D X 130 lazerli skaner

scan_31_03_2014

Uch o‘lchamli skanerlash uchun uskunalarda ixtisoslashtirilgan Faro Technologies kompaniyasi Faro Laser Scanner Focus3D X 130 lazer skaneri ishlab chiqarilganini e’lon qildi.

Ishlab chiqaruvchilarining ma’lumotlariga qaraganda, bino ichida ham va ochiq havoda ham skanerlash uchun foydalaniladigan ixcham konstruksiya hamda qulay foydalanilishi taassurotlarini kengaytirish imkoniyatini birlashtiruvchi Focus3D X seriyasi qatorini to‘ldirgan Focus3D X 130 modeli yaratildi. Uning ta’sirlanish radiusi 130 metr bo‘lib, me’moriy obyektlar va inshootlarni, madaniy meros yodgorliklari obyektlarini skanerlash, qurilish va sud ekspertizasida foydalanish imkonini beradi. Focus3D X 130 ixcham portativ skaner binolar hamda boshqa obyektlarning tez va aniq o‘lchamlarini olishga yordam beradi. Unga kiritilgan GPS-priyomniklar bilan jihozlangan, bu esa alohida vazifalarni keyingi ishlarda ham davom ettirish imkonini beradi. Ishlab chiqaruvchi qurilmada 1-klass lazeridan foydalanilsa ham skaner xavfsiz ekanligini ta’kidlamoqda.

Manba: www.faro.com

Orphus system