Bolt Burgers tamaddixonasida ovqatga buyurtma berish uchun axborot kioski

Tamaddixonaga odamlar ko‘ngil ochib, suhbatlashib o‘tirish uchun emas, balki shoshilinch ovqatlanish uchun keladilar, shu sababli tezkorlik — tayanch omildir. Agar kirishda axborot kioskida buyurtma bersangiz, deyarli darhol stol atrofiga o‘tirguningizcha ovqatni olib keladilar.

bolt_31_03_2014

Ko‘pincha ofitsiantga nima istayotganingizni tushuntirib o‘tirgandan ko‘ra planshetda quyuq ovqat, ziravorlar va boshqalarni tanlash osonroq. Mazkur axborot kioskida buyurtma bersangiz, ofitsiantni hisoblash uchun alohida ovora qilmay, darhol to‘lovni ham amalga oshirish mumkin. AQSH’da restoran planshetlari bozori Ziosk texass kompaniyasida avj oldi. Yaqinda Chili’s restoran tarmoqlaridan 800tasi mazkur uskuna bilan jihozlandi. E la Carte kompaniyasining yirik raqobatchisini Intel moliyalashtiradi. U yaqinda 2014-yil oxirigacha Applebee restoranlari uchun 1800 planshet yetkazib berishga buyurtma oldi. Aytgandek, restoran planshetlarida nafaqat ovqatga buyurtma berish, balki o‘yinlar o‘ynash ham mumkin, bu esa bolalarga juda yoqadi. Ishlab chiqaruvchilar uning videotranslyatsiya va ijtimoiy tarmoqlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish kabi yangi funksiyalari ustida ishlamoqdalar. Kelajakda restoranning barcha «do‘stlari» ulardan xabardor bo‘ladilar.

Manba: www.xakep.ru

Orphus system