Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish yanada osonlashdi

E’lon qilinganidek, 2014-yilning 1-yanvaridan boshlab, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzodan foydalangan holda tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish xizmati joriy etildi.

Endilikda ushbu xizmat, Yagona portal foydalanuvchilarining xohishlarini inobatga olgan holda, elektron raqamli imzodan foydalanish majburiyatisiz, sinov tartibida taqdim etiladi. Shu bilan bir navbatda, foydalanuvchilar ID.UZ tizimidan ro‘yxatdan o`tishlari lozim.

Shunday qilib, jarayonni soddalashtirish evaziga, biznesni ro‘yxatga olishda, yana bir, davlat organlariga tashrif buyurish, ehtiyoji bartaraf etildi.

Yangi xizmatlarni taklif eting, ularga ovoz bering va Yagona portal yangiliklarini kuzatib boring!

Manba

Orphus system