AQSH aholisi uylarida 47 mlrd dollarlik eski smartfonlar saqlanmoqda
31.03.2014
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

smart_31_03_2014

Keyingi yillarda kompaniyalar texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha poygalarga shunday berilib ketdilarki, natijada ko‘plab sonli yangi-yangi smartfonlar ishlab chiqarib, bu bilan bozordagi so‘nggi ilg‘or qurilmalar umrini qisqartira boshladilar.

O‘z-o‘zidan bunday buyumlar holati xaridorlarni tez-tez mobil apparatlarini almashtirishga intilishlariga sabab bo‘ldi. Tabiiyki, yangi smartfonni sotib olgan foydalanuvchida «eskilari» qoladi. Yangi tadqiqotlar ko‘rsatishicha, faqat AQSH aholisi uylarida ko‘plab eski smartfonlar saqlanmoqda. Natijada qandaydir o‘zga sayyoralik kelgindilar kelib qolishi ehtimoli uchun tokchalarda 47 mlrd. dollarlik eski apparatlar chang bosib yotibdi. OnePoll kompaniyasi tomonidan SellCell.com savdo maydonchasi ma’lumotlariga tayangan shunday tadqiqotlar har yili o‘tkaziladi.

Albatta, mazkur ma’lumotlar cheklangan sonli foydalanuvchilardan olingan va haqiqatdan uzoq bo‘lishi mumkin. Biroq bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan — 34 mlrd. dollar ko‘proqni tashkil etadi. Buning ustiga uylarida eski telefonlarini saqlovchilar soni 55 foizdan 50 foizgacha qisqardi. Bu borada, odamlardan olingan so‘rovnoma natijalari juda qiziqarli. Yangi smartfon xarid qilganlarning 20 foizi eskilarini qarindoshlari, tanishlariga berib yuborganlar, 12 foiz apparatni xayriya sohasida taqdim etganlar, 9% eski qurilmalarni tashlab yuborganlar. Uyida saqlanayotgan «eski» smartfonlarning 30 foizga yaqini Apple apparatlarini tashkil etadi. Shuningdek, so‘ralganlarning 40 foizi foydalanayotgan apparatlari buzilib qolsa, foydalanish uchun eski telefonlarini uyda saqlab qo‘yganlar, 36 foizi nima qilishni bilmayotganlarini, 20 foizi esa keraksiz bo‘lib qolgan mobil qurilmani sotishga erinayotganliklarini ma’lum qilganlar.

Manba: www.marketwatch.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq