Toshkent shahrida Inxa Universiteti tashkil etiladi
29.03.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

inha_28_03_2014

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek chet eldagi yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2014 yil 24 martda “Toshkent shahrida Inxa Universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaror qabul qilindi.

Ushbu Qarorga muvofiq, Toshkent shahridagi Inxa Universitetining asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda dasturiy ta’minot ishlab chiqish, axborot tizimlarini va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha xalqaro standartlar darajasida, yuqori malakali diplomli mutaxassislarni tayyorlashni ta’minlash;
  • Respublika oliy ta’lim tizimiga zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘iycha ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish, sog‘loim raqobatni va ochiq axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishga ko‘maklashish;
  • Respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tarmog‘ida uzluksiz ta’lim va malaka oshirish tizimining shakllanishiga, ushbu sohada ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, dasturiy ta’minotlar ishlab chiquvchilar, ishlab chiarish korxonalari, sanoat va infratuzilma tarmoqlari, boshqa zamonaviy axborot texnologiyalari iste’molchilari o‘rtasida qalin aloqa o‘rnatilishiga ko‘maklashish;
  • Xalqaro standartlarga muvofiq, iqtisodiyot real tarmog‘i aniq ehtiyojlarini inobatga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayorlashni ko‘zda tutuvchi maqsadli ta’lim dasturlarini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Belgilanganki:

  • Toshkent shahridagi Inxa Universiteti yuridik shaxs maqomidagi oliy ta’lim muassasasi – O‘zbekiston Respublikasi rezidenti sanaladi, o‘zining alohida mulkiga, mustaqil balansiga ega bo‘ladi, o‘z majburiyatlari, tasarrufidagi pul mablag‘lari va mulklari bo‘yicha javob beradi;
  • O‘quv-uslubiy boqsharuv va ta’lim jarayonini yuritish Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan, imzolanadigan kelishuvlar asosida, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda ta’minlanadi;
  • Talabalarni o‘qitish ingliz tilida ta’limning kunduzgi shaklida Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi) o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi;
  • Universitet bitiruvchilariga Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi)ning belgilangan namunadagi, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat deb tan olinadigan diplomi beriladi;
  • Universitet abituriyentlarini qabul qilish va bitiruvchilarining attestatsiyasi Inxa Universiteti (Janubiy Koreya) tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Qaror bilan Vasiylar kengashi va Toshkent shahridagi Inxa Universitetini yaratish bo‘yicha Idoralararo komissiya tarkibi tasdiqlandi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi Inxa Universitetida ta’lim va mutaxassislar tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari (ixtisosliklari) belgilandi. Bu – Kompyuter injiringi, Dasturiy injiniring va Kompyuter tarmoqlari injiniringi.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlarga Toshkent shahridagi Inxa Universiteti ta’sis hujjatlarini tasdiqlashni hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ta’minlash topshirildi.

Toshkent shahridagi Inxa Universiteti ilk talabalarni 2014/2015 o‘quv yilidayoq, joriy yil 1 oktyabrdan qabul qilishni rejalashtirmoqda.

Inxa Universiteti (Janubiy Koreya) 1954 yilda tashkil etilgan, hozirda unda 20 ming nafardan ziyod talabalar turli ixtisosliklar, jumladan AKT yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oladi. «Joong Ang Ilbo» nashriyoti reytingiga ko‘ra, Universitet muhandislik va axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi oliy o‘quv yurtlari beshligiga kiradi.

Manba

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq