“Marrakech” – “Beeline Club”ning yangi ishtirokchisi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) “Marrakech” restoranini “Beeline Club” hamkorlik tarmog‘iga qo‘shilgani haqida xabar beradi. “Gold” va “Platinum” imtiyoz kartalari mijozlarga 10% va 15% mos ravishda chegirmalarni kafolatlaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Beeline”ning “Beeline Club”ga a’zo bo‘lgan abonentlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarkand, Toshkent, Termiz va Farg‘ona shaharlaridagi o‘nlab restoran va savdo nuqtalaridan imtiyozli foydalanishlari mumkin.

Tafsilotlar www.beelineclub.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system