“Beeline” abonentlarini spam haqida ogohlantiradi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) qayta qo‘ng‘iroq, SMS-xabar yoki elektron hat olish maqsadida yuborilayotgan va tez takrorlanayotgan SMS-spam holatlari haqida ogohlantirmoqda.

beeline_27_03_2014

Firibgarlarning harakatlari natijasida abonent shaxsiy ma’lumotlarini, pul mablag‘larini yo‘qotishi, kompyuter yoki mobil moslamasiga zararli dasturni yuklab olishi, shuningdek spam-sahifaga tushib qolishi mumkin. Rasmdagi kabi SMS kelganida (masalan «Здравствуйтe, позвонитe мнe срочно 0025229724044»), “Beeline” zinhor firibgarlarga qayta qo‘ng‘iroq qilmaslikni va javob bermaslikni, shunchaki o‘z moslamangizdan uni o‘chirib tashlashingizni tavsiya qiladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system