“Beeline” “Uchinchi avlod-2014” amaliyot dasturining chegaralarini kengaytirmoqda

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) “Uchinchi Avlod-2014” tashqi o‘quv dasturida ishtirok etish uchun so‘rovlarni yig‘ishda davom etmoqda. 2014 yilda loyiha doirasida III va IV kurs talabalari kompaniyaning tijorat direksiyasi, axborot texnologiyalari direksiyasi, hamda texnik direksiyalarida amaliyot o‘tashlari mumkin.

“Avval biz dasturda ishtirok etayotgan hamkor universitetlarning ro‘yhatini chop qilgan edik, ammo “Uchinchi avlod” dasturi so‘ngi besh yil ichida yanada ommaboplashdi, shuning uchun boshqa talabalardan ham bizlarga so‘rovlar tushmoqda, – deydi “Unitel”ning xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha Direktori Yuliya Brusova. – MDU, Pedagogika universiteti, Islom Universiteti va boshqa oliygohlarning talabalari “Beeline”da amaliyot o‘tashni istamoqdalar, shuning uchun biz o‘quv yurtlarining ro‘yhatini cheklamaslikga qaror qilgan holda yangi so‘rovlarni kutmoqdamiz”.

Eslatib o‘tamiz, “Uchinchi avlod” dasturi birinchi bor “Beeline”da 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi № PQ-916 sonli Qarori bilan tasdiqlangan, O‘rta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulot va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish doirasida ishga tushirilgan edi. Dasturning maqsadi — Kompaniyada amaliyot o‘tash va ishlash, shuningdek, o‘ta murakkab vakansiyalar uchun eng yaxshi talabalаrni tanlab olish.

Amaliyot natijalari bo‘yicha eng muvaffaqiyatli talabalarga oliygohdagi o‘qish bilan kelishtirilgan holda individual ish tartibi, kelajakda esa – “Beeline”da doimiy ish o‘rni taklif qilinadi. Dasturda ishtirok etish uchun so‘rovlar va rezyumelar 2014 yilning 15 mayiga qadar graduate@beeline.uz elektron manzili bo‘yicha qabul qilinadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system