Sog‘lom ona — sog‘lom avlod garovi!
25.03.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Ra'no To‘rayeva.

sog_25_03_2014

Yurtimizga kirib kelgan ko‘klam fasli chor-atrofga yangilanish, yosharish nafasi ila zeb berib, nabotot olamiga gul-chechaklari bilan oro berdi. Ko‘klam o‘lkamizga nafaqat go‘zallik, yashillik sepini yozdi, balki o‘zi bilan quvonch va shodiyonalarga to‘liq bayramlarni ham etaklab keldi. Uning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda eng nafosatli ayyom xotin-qizlar bayrami keng nishonlandi, xalqimizning sevimli bayrami – “Navro‘zi olam” esa o‘lkamiz bo‘hylab yanada keng quloch yoyadi.

Ma’lumki, ayolni ulug‘lash — oilani, Vatanni, hayotni ulug‘lashdir. O‘zbekistonda doimo ayollar, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh qizlarimizga, ularning salomatligi, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlariga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratiladi. Jumladan, mamlakatimiz aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasi tizimidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish orqali salomatligini mustahkamlash, ayollarimiz, ayniqsa, qizlarimizning ma’naviy-axloqiy kamolotiga yo‘naltirish, ularning ruhiyatini, iymon-e’tiqodini, irodasini odamiylik, insonparvarlik, yurtparvarlik, mehr-oqibat, sahovat va kelajakka ishonch fazilatlari bilan boyitish, davlatimiz tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilgan munosib sharoitlardan oqilona foydalanish, jamiyatda, oilada o‘z o‘rinlarini topish va sog‘lom avlodni tarbiyalash, oilada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ichkilikbozlik va giyohvandlik kabi illatlarning oldini olish kabi dolzarb masalalar kasaba uyushmasi qo‘mitalarining asosiy vazifalariga aylangan.

sog_25_03_2014_1

Yurtimizga kirib kelgan bahor ayyomi bayramlari arafasida, O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamkorligida, ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan ayollar o‘rtasida «Sog‘lom ona — sog‘lom avlod garovi» shiori ostida Ayollar sport festivali o‘tkazildi. Mazkur tadbirni tashkil etish va o‘tkazish tasdiqlangan Nizom asosida tashkil etildi hamda bu borada maxsus Ishchi guruhlar faoliyat olib bordi.

sog_25_03_2014_2

Ma’lumki, ushbu nufuzli sport tadbirining tuman bosqichi saralash o‘yinlari o‘tgan yilning dekabr oyida boshlangan edi. Ularda «O‘zbektelekom», «Matbuot tarqatuvchi» aksiyadorlik kompaniyalari, «O‘zbekiston pochtasi» OAJ, «Aloqabank» OATB Respublika, viloyatlar, Toshkent shahar va aloqa korxona, tashkilot, muassasalardan hamda tuman, shahar filallaridan 1500 ziyod xotin-qizlar qatnashdilar. E’tiborlisi, sohaning barcha korxonalari vakilalari viloyatlardagi musobaqalarning saralash bosqichlarida faol ishtirok etdilar. Shu tariqa, final bosqichida qatnashadigan viloyat terma jamoalari shakllantirildi. Musobaqalar sportning shaxmat, rus shashkasi va stol tennisi bo‘yicha ayollar o‘rtasida yakkaxon tartibda, voleybol hamda ko‘pkurash jamoalari tarkibida o‘tkazildi. Toshkent shahrida o‘tkazilgan musobaqalar bo‘yicha eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilardan iborat 2ta hamda viloyatlardan 1tadan jami 15ta terma jamoalar tarkibida 165 nafar ayollar Festivalning yakuniy Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Ayollar sport Festivali ishtirokchilari 2014-yilning 5-mart kuni Samarqand shahrida kutib olindi hamda «Aziya-Samarqand» mehmonxonasiga joylashtirildi.

sog_25_03_2014_3

Ayollar sport festivali bo‘yicha musobaqalar Samarqand Davlat univesiteti sport zalida respublikadan kelgan qatnashchilarning sho‘x-shodon musiqalar sadosi ostida har bir viloyat nomi yozilgan taxtachalar bilan zalga birin-ketin kirib kelishlari paradi bilan boshlandi.

Samarqanddagi Hamid Olimjon nomidagi teatr aktyorlari tomonidan sohibqiron Amir Temur siymosi, uning rafiqasi Bibixonim, farzandlari Shoxruh Mirzo, nabiralari Mirzo Ulug‘bek kabi Vatan va xalq ravnaqi yo‘lida o‘zlarining beqiyos xizmatlari bilan el ichida tanilgan insonlar siymolari gavdalangan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinish, jajji sportchi bolalarning taekvando sport turidagi chaqqon haraktlari bilan uyg‘unlashdi.

sog_25_03_2014_4

Sport musobaqalarini tartibli va yuqori saviyada o‘tishini tashkil etish maqsadida terma jamoalar o‘rtasida qurra tashlash hamda alohida ishlab chiqilgan reja asosida amalga oshirildi. Festival musobaqalari, asosan sportning besh turi bo‘yicha o‘tkazildi. Shaxmat, shashka, stol tennisi, voleybol hamda ko‘pkurash musobaqalari bo‘yicha viloyatlararo bellashuv qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Musobaqalarning shaxmat va shashka turlarida qatnashchilar har qanday qiyin vaziyatlarda muammolar yechimini osonlik bilan hal etishlari, tennis o‘yinlarida ishtirokchilarning chaqqon va chapdastliklari, voleybol hamda ko‘pkurash musobaqalarida tez va qisqa fursatlarda ko‘zlagan maqsadlariga hech qanday qiyinchiliksiz yetishishlarini namoyish qildilar. Sportning rus shashkasi turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda Andijon, Namangan, Buxoro viloyati, shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Andijon Toshkent shahar-2 va Samarqand viloyat terma jamoalari a’zolariga nasib bo‘ldi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra stol tennisi bo‘yicha 1-darajali diplom bilan Toshkent shahri-1 terma jamoasi a’zosi, 2-darajali diplom bilan Sirdaryo viloyati terma jamoa a’zosi va 3-darajali diplom bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi a’zosi taqdirlandi.

sog_25_03_2014_5

Кo‘pkurash musobaqalarida uchinchi o‘rin Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasiga, ikkinchi o‘rin Farg‘ona viloyati terma jaomasiga va birinchi o‘rin Navoiy viloyat terma jamoasiga nasib etdi. Musobaqaning zo‘r shiddat va jasorat bilan o‘tkazilgan voleybol bellashuvida ayollarning sportga bo‘lgan qiziqishlari, yoshiga qaramay epchil va chaqqonligi, sabr va matonati yaqqol namoyon bo‘ldi. Mazkur musobaqada g‘olib ham mag‘lub bo‘lgan terma jamoa ham maydonni tabassum ila tark etdi. G‘oliblik supasining uchinchi o‘rniga Surxondaryo, ikkinchi o‘rniga Toshkent shahar-2 va birinchi o‘ringa Toshkent shahar-1 terma jamoalari ko‘tarildi.

sog_25_03_2014_6

Oqshom chog‘i «Aziya Samarqand» mehmonxonasida viloyatlardan tashrif buyurgan festival qatnashchilari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy kecha namoyish etildi. Kechada har bir terma jamoalar tomonidan «Sog‘lom bola yili» hamda «Sog‘lom ona — sog‘lom avlod garovi» shiori ostida tayyorlangan madaniy chiqishlar sport festivaliga o‘zgacha tus berdi, ayniqsa, andijonlik mehmonlarning «Andijon polkasi», xorazmlik vakillarning «Lazgi» navolari ostidagi sho‘x-shodon raqslari, buxorolik qatnashchilar ijrosidagi «Kelinlar qo‘zg‘oloni» spektaklining aloqachi-sportchilar obrazidagi yangi ko‘rinishi va farg‘onaliklar tomonidan turmush chorrahalaridagi qaynona-kelin o‘rtasidagi muammolar, Toshkent va navoiylik mehmonlarning bugungi kun yoshlarining avtobus va ko‘cha-xiyobonlardagi munosabatlar sahnasi barchada iliq taassurotlar qoldirdi. Mamlakatimiz viloyatlaridan kelgan vakillar ham sog‘lom avlodni tarbiyalash, oilada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish kabi teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.

sog_25_03_2014_7

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari musobaqalarning ertasi kuni Imom al Buxoriy majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda, Al Moturidiy, Hazrati Doniyor payg‘ambar qabri, Hazrati Xizr masjidi va Registon maydoni kabi shaharning tarixiy manzillarini obod, so‘lim va go‘zal diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishdi.

Sport festivali 7-mart kuni «Marjon» tantanalar uyida bayromana dasturxon atrofida musobaqa g‘oliblariga diplom va qimmatbaho sovg‘alarni topshirish hamda madaniy, ko‘ngilochar chiqishlar bilan yakunlandi.

sog_25_03_2014_8

Sohada faoliyat yuritayotgan ayollar o‘rtasida «Sog‘lom ona — sog‘lom avlod garovi» shiori ostida o‘tkazilgan ayollar sport festivali O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan ilk marotaba uyushtirilgan bo‘lib, aloqachi xotin-qizlarning uy yumushlarida, ishdan bo‘sh paytlari sportda va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ham benuqson faoliyat ko‘rsatishlari yaqqol namoyon bo‘ldi.

sog_25_03_2014_9

Tadbirda O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi raisi A. Ishanxodjayev, Respublika axborot-kutubxona markazi direktori A. Abduazizov, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarma boshlig‘i D. Xo‘jamberdiyev, «O‘zbektelekom» AK mas’ul xodimlari, «O‘zbekiston pochtasi» OAJ, «Aloqabank» OATB, «Elektomagnit moslashuv markazi» DUK, Respublika radio, televideniye uzatish markazi viloyat filial rahbarlari, Samarqand viloyati aloqa korxona va tashkilot rahbarlari, ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdilar.

sog_25_03_2014_10

O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashi mazkur tadbirga homiylik qilgan barcha tashkilotlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq