Qiziqarli FAKTlar

Axborot texnologiyalari sohasidagi eng qiziqarli ma’lumotlarni chop etishda davom etamiz. Ma’lumki, keyingi yilllarda «Machine-to-Machine» yoki M2M, shuningdek, «aqlli buyumlar interneti» kabi tushunchalarni tez-tez eshitamiz. Kelajakda mashinalar boshqa mashina (qurilmalar) bilan telekommunikatsiyalar vositasida va hatto inson ishtirokisiz ham o‘zaro aloqada bo‘lishi haqida batafsil bilishni xohlaysizmi? Mazkur sahifamizda «Machine-to-Machine» haqida so‘z boradi.

Machine-to-Machine Nima?

mac_25_03_2014

Ma’lumki, aynan M2M texnologiyasi amaliyotga joriy etilishi bilan bugungi kunda, butun jahonda turli qurilma va datchiklar uchun IP-manzillar yetishmay qolayotganligi bois, «aqlli buyumlar interneti» IPv6 protokolining yangi versiyasiga o‘tmoqda. Butun jahonda «Machine-to-Machine» texnologiyasi juda jadal rivojlanmoqda. Berg Insight analitiklari tayyorlagan hisobotlariga muvofiq, butun jahon bo‘ylab mobil aloqa tarmoqlariga M2M-ulanishlar soni 2011-yilda 37 foizga oshdi va 108,0 mln.ga yetdi. 2011-yilda Osiyo-Tinch okeani mintaqalarida yiliga 64%, abonentlar soni 34,5 mln.gacha o‘sgan. Yevropa va Shimoliy Amerikada 27% bo‘lib, ulanishlar soni 32,3 mln. va shunga muvofiq 29,3 mln.ni tashkil etgan. Keyingi besh yil mobaynida M2M ulanishlar umumiy ko‘rsatkichlari o‘rtacha yillik tezlikda 27,2% bo‘lib, 2016-yilga borib, jahonda M2M ulanishlar soni 359,3 mln.ga darajasiga yetishi bashorat qilinmoqda.

mac_25_03_2014_1

O‘zbekistonda Ucell mobil aloqa operatori tijorat yo‘li asosida M2M tarif-rejalarini taqdim etmoqda. Shahar avtobus harakatlari uchun GPS-navigatsiya tizimini joriy etmoqda, xohlagan inson xohlagan vaqtida internet orqali avtobus harakatlari jadvalini bilib olishi mumkin.

Ilgari xabar berganimizdek, mamlakatimizda ham «aqlli uy» uchun qurilmalar taqdim etadigan kompaniya mavjud. «Aqlli uy» texnologiyasi ham M2M texnologiyasidan foydalanadi. Guvohi bo‘layotganimizdek, M2M istiqboli juda yuqori.

mac_25_03_2014_2

Machine-to-Machine – nima o‘zi
Rivojlangan mamlakatlarda mobil telefonidan foydalanish 100 foizga yetgan bo‘lsada, mobil aloqa operatorlari sim-kartalarni chiqarishni to‘xtatishga erta deb hisoblamoqdalar. Yaqin orada mobil tarmog‘i efiriga yangi millionlab abonentlar chiqishi kutilmoqda. Biroq ular odamlar emas, balki aqlli qurilmalar bo‘lishi mumkin. Ular interfeysga ega emaslar. Odamlar bilan emas, balki boshqa mashinalar bilan muloqot qiladilar. Mazkur yo‘nalish M2M (machine-to-machine) deb ataladi va u jadallik bilan o‘sib bormoqda.

MACHINE-to-MACHINE (M2M) — texnologiyaning umumiy nomi bo‘lib, mashinalarga bir-birlari bilan axborot almashish yoki uni bir tomonlama tartibda uzatish imkonini beradi. Bu datchiklar monitoringining simsiz va simli tizimi yoki qandaydir qurilma ko‘rsatkichlari (harorat, zahira darajasi va boshqalar) bo‘lishi mumkin. Masalan, agar chek qog‘ozi yoki naqd mablag‘lar tugab qolgan yoki juda ko‘payib ketib, inkassator kelib, olib ketishi talab etilayotgan bo‘lsa, bankomatlar GSM-tarmoqlariga avtomatik tarzda axborot uzatishi mumkin. Machine-to-Machine tamoyili bo‘yicha texnologiya yordamida qurilma (mashinalar) o‘zaroaloqasi «telematika» toifasiga taalluqli bo‘lib, masofalardan turib, turli qurilmalar o‘rtasida axborot almashish maqsadida telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarining birlashishini nazarda tutadi.

M2M-servislar jadal rivojlanishi mobil aloqa tarqalishiga imkon beradi, u mobil aloqa qoplami zonasidagi qurilmalar o‘rtasida arzon hamda samarali aloqani ta’minlaydi. bugungi kunda mikroprotsessorli deyarli har qanday qurilma GSM-moduli yordamida tarmoqqa ulanishi va GPRS, SMS, MMS yoki CSD-kanallari (Circuit Switched Data — GSM-tarmog‘ida kommutatsiya bilan ma’lumotlar uzatish standart texnologiyasi) orqali boshqa qurilmalar yoki axborotni qayta ishlash markazi bilan ma’lumotlar almashishi mumkin. Machine-to-Machine segmenti — Rossiya mobil aloqasi tarmoqlarida nisbatan yosh, lekin jadal rivojlanayotgan segment hisoblanadi. Telematik axborotlarni uzatish va masofali monitoring, transport vositalari va kompaniya xodimlarining qayerda ekanliklarini nazorat qilish, video kuzatuv va VPN-tarmoqlarini tashkil qilish, millionlab mavjud va aniq bo‘lajak abonentlar yangi bozorni jadal rivojlantirishi mumkin. Bir yo‘la turli sohalardagi ko‘plab masofadan nazorat qilish zaruriyati bilan bog‘liq muammolarni hal qilishi mumkin.

MACHINE-to-MACHINE qanday ishlaydi?
M2M standartlashtirilgan texnologiyalarda ishlaydi. Bu TCP/IP, IEEE 802.11 standarti simsiz tarmog‘i, Ethernet kabi mobil aloqa texnologiyalari hamda simli taroqdir.

Simsiz M2M texnologiyalari
Кabelli aloqalarga qaraganda, M2M simsiz aloqa texnologiyasining joriy etilishi kabelli infratuzilmalarni yotqizish narxini kamaytirishi, vaqtni tejash va kerakli xodimlar sonini kamaytirishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zi simsiz aloqa yechimlari ishchi xodimlarning mobilligini oshirishga imkon beradi. Bugungi kunda M2M simsiz aloqa texnologiyalari markaziy kommutatsiya markazidan tezkor harakatlarni ta’minlash uchun yechimlar taqdim etib, davlat qutqaruv xizmatlari va huquqni himoya qilish tuzilmalariga yordam berib kelmoqda. M2M simsiz aloqa tizimlari moliyaviy kam ta’minlanishi cheklangan loyihalarni amalga oshirishda foydali bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, Machine-to-Machine simsiz aloqa tarmog‘i mobil resurslarni kuzatib borish (yuk avtomobillari yoki ko‘chma agentlar uskunalari kabilar), ombordagi mahsulotlar soni va joylarini, savdo avtomatlarida mahsulotlarning mavjudligini kuzatib borishda yordam berishi mumkin. M2M simsiz aloqa tizimlari biror-bir sababga ko‘ra kabellar yotqizish mumkin bo‘lmagan hollarda, misol uchun, devorlar va ko‘priklar mexanik tarangligini o‘lchovchi datchiklarni o‘rnatish hollarida qo‘llanilishi mumkin.

Simli M2M texnologiyasi
Aslida, Machine-to-Machine texnologiyasi, birinchi navbatda, simsiz aloqaga mo‘ljallangan, ayrim vaziyatlarda simli tizmlar muhim o‘rin tutadi. Masalan, M2M simli tizimlar ishlab chiqarishda: po‘lat konstruksiyalar yoki binolarning armaturali betonlari va uskunalarda foydalanilishi mumkin. Simsiz tizim radioto‘lqinlari har doim ham ichkariga kirib bora olmaydi.

mac_25_03_2014_3

MACHINE-to-MACHINE foydalanish sohalari
Machine-to-Machine biznes-jarayonlarini avtomatlashtirish va yanada sinab ko‘rilgan xizmatlar kompleksini yaratish uchun telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarini birlashtiradi. M2M platformasi turli sohalar — xavfsizlik tizimlari, sanoat jarayonlarini avtomatlashtirish, transport monitoringi, kuzatish tizimlari, yonilg‘i sarfi nazorati va boshqalarda qo‘llaniladi. Masalan, haroratni aniqlovchi taqsimlangan datchiklar tarmog‘i ishitish tizimini boshqara oladi, datchiklar esa harakatni aniqlab, bino ostonasiga yaqinlashgan, lift chaqirishga kelgan odamlar haqida axborot beradi. M2M ilovasidan transport sohasida dvigatel diagnostikasi, yuk transporti monitoringi maqsadlarida foydalaniladi. Tibbiy markazlarda M2M-ilovasidan real vaqtda bemorlar yurak faoliyatini kuzatishda, shuningdek, xotirasi yomon bemorlarning joylashgan manzilini aniqlashda foydalaniladi.

mac_25_03_2014_4

Modemlar
M2M bugungi kunda kompyuter topshirig‘iga ko‘ra tarmoqdan ma’lumotlar olishda katta talabga ega. Odatiy SHK’dan tashqari, mobil aloqa modemlari ma’lumotlar olishda elektron kitoblar (yangi kitob sotib olish) va GPS-navigatorlar (turli yordamchi axborotlar)dan faol foydalaniladi. Machine-to-Machinedan bankomatlardagi yechimlar juda ommalashgan.

mac_25_03_2014_5

GPS-trekerlari
Katta avtoparklarga ega kompaniyalar taksi yoki yuk tashish mashinalari xizmati servislari har bir mashina uchun ommaviy tarzda GPS-trekerlarini sotib olmoqda. Kichik qurilmalar muntazam robodispetcherga aniq joylashgan manzili hamda avtomobil tezligi haqida ma’lumot jo‘natadi. Bu yuklamani aniq va samarali taqsimlab, avtomobil yo‘nalishlarini rejalashtirish imkonini beradi. Bu esa katta mablag‘larni tejash imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-noyabrdagi 308-Qaroriga muvofiq «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik kompaniyasida 2013–2015 yillarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha choralar kompleksi ishlab chiqilib, jumladan, navigatsion tizimlarni tatbiq etish va transport vositalari haydovchisining xavfsizigi uchun aloqa vositalari bilan ta’minlash evaziga harakatlanuvchi tarkib (GPS) harakatining masofadan nazorati tizimini joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilangan, shuningdek, Toshkent shahrida, yo‘lovchi tashishda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi hamda yo‘l varaqalarini avtomatik yuritish bo‘yicha dasturiy ta’minot joriy etilgan.

mac_25_03_2014_6

Hozirgi kunda www.via.uz saytida real vaqt rejimida Toshkent shahridagi 8-avtobus harakatlari haqida ma’lumot olish mumkin.

Iste’molchi hisoblagichi
Ko‘pchilik xonadonlarda bugungi kunda nafaqat elektr, balki suv va gaz hisoblagichlari mavjud. Kelajakda ularning ko‘rsatkichlarini qog‘ozga yozish va kommunal xizmatlariga ovora bo‘lib borish shart bo‘lmaydi. Ma’lumotlar avtomatik va masofaviy holda olinadi. Ehtimol hatto (banklar bilan hamkorlik) avtomatik to‘lov amalga oshirilishi mumkin.

Aqlli uy kontrollerlari
Aqlli uy binoning istalgan vaqtdagi harorati yoki yuqori qavatdagi qo‘shni suv oqizib yuborganligi haqida ma’lumot bera oladi. Javobda — «isitgichni o‘chirish» yoki xavfsizlik uchun «binoni kuzatish» buyrug‘ini oladi. Bu holda ham, u holda ham SMS yoki GPRS bo‘yicha ish yuritiladi va doimo uyda bo‘lish zarur emas.

Avtomobil kontrolleri
Turli aqlli uy texnologiyalari avtomobillarda ham joriy etib, foydalaniladi. Bu yerda o‘zaro aloqaning ko‘plab komplekslari: avto o‘zining joylashgan manzili va akkumulyatorining zaryadi, harorati va boshqalar haqida hisobot berishi mumkin. Masalan, javoban dvigatelni ishga solish buyrug‘ini olib, salonni ishitish mumkin.

Sog‘liqni saqlash bo‘yicha monitorlar
Barcha alohida g‘amxo‘rlikka muhtoj: keksalar, bolalar, og‘ir betob shaxslar, uy hayvonlariga mazkur qurilma juda asqotadi. Machine-to-Machine tizimi raqamli datchiklari tana harorati, qon bosimi, pulsini o‘lchay oladi, GPS odamning qayerdaligini ko‘rsata oladi, M2M esa mana shu ma’lumotlarni doimiy masofadan turib, kuzatish va zarur bo‘lganda chora ko‘rish, masalan, manzil bo‘ylab yordam yuborish imkonini beradi.

Avtomatik hisoblash tizimi
M2M konsepsiyasidagi NFC va RFID texnologiyalari omborda umuman «inson yordamisiz» resurslarni hisoblash imkoniyatiga ega. Har bir dona mahsulot elektron o‘qiladigan yopishtirma qog‘ozga ega, konveyerdagi skaner omborni, undagi mahsulotlar harakati hamda ularning qoldig‘ini kuzatadi, axborotlarni serverga jo‘natadi. Shu tariqa, mahsulotlarni joylashtirishni boshqarish to‘liq avtomatlashtiriladi.

Boshqalar
Turli qurilmalarning tarmoqqa ulanishidan foyda ko‘rish mumkin, ularning ko‘pchiligi alohida xususiyatga ega. Masalan, dala hovlida MMS bo‘yicha xavfsizlik kameralari harakatlarni sezib qolsa, meteostansiya datchiklari ma’lumotlarni tezkor tarzda Gidrometsentr monitoringiga yuboradi va shu kabi davom etadi. Asosiysi, mashina va odamlar munosabati tinchlik uchun xizmat qilsin, «Mashinalar qo‘zg‘aloni» filmidagidek bo‘lmasin.

Orphus system