“Do It” abadiy: “Beeline”ning tungi cheksiz aksiyasi doimiy xizmatga aylandi

2014 yil 25 mart, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) mobil Internet foydalanuvchilari uchun “Do It” cheksiz aksiyasi doimiy amal qiluvchi xizmatga aylangani haqida xabar beradi. Endi kompaniya abonentlari kuniga $1,5 evaziga 01:00dan 09:00gacha cheksiz Internetdan muddatsiz foydalanishlari mumkin.

beeline_25_03_2014

“O‘zbekistonda birinchi haqiqiy cheksiz Internet “Beeline” mijozlari orasida haqiqiy hitga aylandi, – voqeani sharhladi “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Yuz minglab abonentlarimiz yangi xizmatning ustunliklarini baholashdi, va ijtimoiy tarmoqlar va call-markazi orqali biz aksiyani uzaytirish haqida juda ko‘p so‘rovlar oldik. Ushbu takliflarni e’tiborga olgan holda, biz foydalanuvchilar uchun “Do It”ni butunlay qoldirishga qaror qildik”.

“Do It” xizmatini yoqish uchun *100500# bepul kodni terish kifoya. Xizmat “Status” va “Zo‘r-Zo‘r Megabit” tarif rejalaridan tashqari barcha prepaid tarifli abonentlar uchun mavjud.

Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system