LI-FI – yuqori tezlikka ega Internet texnologiyasi
24.03.2014
Rukn: Internet.
Muallif: Saida Pо‘latova, Mirziyod Pо‘latov.

Britaniya olimlari yangi “li-fi” texnologiyasi ya’ni yorug‘lik nuri orqali simsiz aloqa yordamida ma’lumotlarni uzatish tezligi 10 Gbit/sek ga yetkazganlarini ta’kidlashmoqda.

Li-Fi — ingliz tilidagi «light» — yorug‘lik, «fidelity» — aniqlik sо‘zlardan olingan bо‘lib, maxsus yorug‘lik diodlari orqali ixtiyoriy joydan Internet tarmog‘iga arzon va ishonchli ulanishni ta’minlovchi texnologiya. Axborotlarni ultraparallel nurlar orqali yuborish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan bu loyiha Edinburg, Oksford va Kembridj universitetlari tomonidan tashkillashtirilyapti.

Li-Fi texnologiyasida uzatkich sifatida oddiy yorug‘lik diod lampalari ishlatiladi. Maxsus chiplar orqali yuborilayotgan ma’lumotlar yorug‘lik nuriga aylantiriladi. Bu 1 vatt quvvatga ega bо‘lgan diod lampa nuri о‘rtacha kattalikdagi ofis xonada joylashgan kompyuterlarni bog‘lash uchun yetarli. Bundan tashqari Li-Fi tarmog‘i foydalanuvchisi sifatida yorug‘lik signallarini qabul qiluvchi kameralarga ega bо‘lgan smartfonlar, planshet kompyuterlar va boshqa portativ qurilmalar kirishi mumkin.

Tadqiqotchilar bir soniyada 3,5 Gb axborotni yubora oladigan mikro yorug‘lik diodidan foydalanishdi. Undan taralayotgan yorug‘lik qizil, yashil va kо‘k rangli nurlarning yig‘indisidan hosil bо‘lgan. Bundan kelib chiqadiki, kanallardan umumiy hisobda 10 Gb/s tezlikda axborot uzatiladi.

Undan taralayotgan nur kо‘zga kо‘rinadi va radionurlari spektridan 10 marta keng bо‘lib, elektromagnit spektrning bir bо‘lagi hisoblanadi.

Li-Fi texnologiyasi quyidagi afzalliklarga ega:
• Wi-Fi texnologiyasiga nisbatan yuqori tezlikka ega;
• radiochastota spektridan 10 marta kо‘p;
• nisbatan xavfsiz, chunki ma’lumotlarni yorug‘lik tо‘liq kо‘rinarli bо‘lmaguncha olib bо‘lmaydi;
• qо‘shni tarmoqdan bо‘ladigan aralashuvni oldini olish;
• radio tо‘siqlardan erkin о‘ta oladi;
• ta’sirchan elektron qurilmalarda tо‘siqlarni hosil qilmaydi. Bu esa Li-Fi texnologiyasidan kasalxona, samolyot muhitlarida ham foydalanish imkonini beradi.

Li-Fi texnologiyasi Wi-Fi ga nisbatan ba’zi kamchiliklarga ega. Foydalanuvchi qurilmasi lampaning kо‘rinish sohasida bо‘lishi kerak. Bunda maxsus lampalar shart emas, uy yoki ish joyidagi oddiy lampalar yordamida ham Internetga ulanish mumkin. Ammo uning Wi-Fi dan farqi, yorug‘lik diodli lampa bо‘lmagan xonada tarmoqqa ulanishni amalga oshirib bо‘lmasligidir.

Li-Fi texnologiyasini Oledcomm kompaniyasi muhandislari tajribadan о‘tkazishdi. Fudan universiteti jamoasi esa tо‘rt kompyuterni bir lampaga ulash bо‘yicha sinov ishlarini olib bormoqdalar.

Bunday kamchiliklarga qaramay, Li-Fi texnologiyasidan aholi zich joylashgan tumanlarda, radio signallarni minimumga yetkazish kerak bо‘lgan joylarda, masalan kasalxonalarda, yoki radio signallar ishlamaydigan muhitlarda foydalanish ancha qulay.

lifi_24_03_2014

LED lampa vositasida axborotning uzatilish jarayoni
Ma’lumotlar oqimi global tarmoqdan lampaga uzatiladi. Qabul qilingan ma’lumotlar esa foto detektori orqali kuchaytirilgan va qayta ishlangan holatda qurilmaga yо‘naltiriladi. Mobil vosita (planshet, smartfon) ma’lumotlarni kamera orqali qabul qiladi va о‘qiy oladi. Yorug‘lik diodlari birinchi marta 2008-yilda AQSH’da qо‘llanilgan bо‘lib, Wisconsin shtati soat ishlab chiqaruvchi korxonada о‘rnatilgan. Keyinchalik esa archa chiroqlari, kо‘chalarni yoritishda ham foydalanilgan.

lifi_24_03_2014_1

Li-Fi ning markazi lampa hisoblanadi. Bu lampa boshqa an’anaviy lampalardan dielektrik materialga joylanganligi bilan farqlanadi. Bu dielekrik material 2 vazifani bajaradi. Bular:
1. Radio chastotalari uchun tо‘lqin tarqatuvchi.
2. Energiyani lampaga yо‘naltiradigan elektron maydon konsentratori.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq