UZONLINE – CLICK tizimining yangi hamkori

CLICK tizimining foydalanuvchilari endi «О‘zbektelekom» AK dan UZONLINE to‘lov xizmatlariga foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar.

Navro‘z bayrami arafasida CLICK kompaniyasi «O‘zbektelekom» AKning UZONLINE filiali tizimga ulanganligi haqida mamnuniyat bilan xabar qiladi. CLICK tizimining barcha foydalanuvchilari shu kundan boshlab UZONLINE kompaniyasining xizmatlariga istagan paytda, komissiyasiz real vaqt rejimida to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

To‘lovlarni CLICK tizimiga ulangan mobil telefondan *880# USSD-so‘rovni yuborish bilan amalga oshirish mumkin.

Shuni ta’kidlash lozimki, tizimdan foydalanish uchun internet tarmog‘iga ulanish va mobil telefonga qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatish talab qilinmaydi.

Shunngdek, to‘lovlar my.click.uz va m.click.uz saytlarda “Shaxsiy kabinet” orqali ham o‘tkazish mumkin.

Hozirgi kunda to‘lovlar imkoni faqat Toshkent shahridagi UZONLINE foydalanuvchilari uchun joriy etildi. Respublikamizning boshqa hududlardagi UZONLINE foydalanuvchilariga ushbu imkoniyat yaqin davr ichida ishga tushuriladi. Mazkur xizmat Respublikamizning boshqa mintaqalaridagi UZONLINE foydalanuvchilariga yaqin davr mobaynida ishga tushuriladi.

UZONLINE xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘tkazish imkonining yaratilishi «O‘zbektelekom» AK bilan samarali hamkorlikning navbatdagi, to‘rtinchi bosqichidir. Respublikamizda bosqima-bosqich va jadal rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning rivojlanishi va iste’molchilar uchun keng ko‘lamli qulayliklar hamda imkoniyatlarning taqdim etilishi o‘ta muhim ahamiyatga ega va davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar qatorida muhim ahamiyatga molik bo‘lib, alohida o‘rin tutmoqda.

Bundan tashqari, mazkur yo‘nalishlar kompaniyada qabul qilingan rivojlanish strategiyasida va ko‘rsatilayotgan xizmatlar ro‘yxatini yanada kengaytirishga qaratilgan barcha ishlarida asos bo‘lib hisoblanadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system