“Beeline” Navro‘z ayyomiga yanada ko‘p muloqot hadya qilmoqda

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) Navro‘z ayyomi munosabati bilan bahoriy aksiya haqida e’lon qiladi. Bayram kunlari abonentlar balanslarida minus $0,50 ya’ni 1100 so‘mgacha suhbat qurishlari mumkin.

beeline_20_03_2014_1

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev shunday dedi: “Bahor kunlarida abonentlarimiz tabrik SMS‘lari yuborib va do‘st va yaqinlarga tez-tez qo‘ng‘iroq qilib yanada ko‘proq muloqot qiladilar. Shuning uchun bizning bayramona aksiyamiz “Beeline” abonentlari ko‘proq aloqada qolishlari uchun va barchaning kayfiyatini ko‘tarish maqsadida tashkil qilingan”.

Aksiya 2014 yilning 21 martidan 24 mart kunigacha (shu kun ham kiradi) amal qiladi va maxsus aktivatsiyani talab qilmaydi. Aksiyada “Avkokredit” xizmati yoqilgan “Status Gold” va “Status Platinum” tarif rejalaridan tashqari barcha prepaid tarif rejalari ishtirok etadi. Tafsilotlar www.beeline.uz.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system