TATUning bir guruh yosh o‘qituvchilari Janubiy Koreya Respublikasining INHA universitetida malaka oshirib qaytishdi
19.03.2014
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

tuit_17_03_2014

Joriy yilning yanvar oyidan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari hamda uning hududiy bo‘limlarining bir guruh yosh va umidli o‘qituvchilari Inha universitetida (Janubiy Koreya) malaka oshirib qaytdilar.

“Dasturiy injiniring” kurslari bo‘yicha ikki oy davom etgan malakali oshirish kurslarida yurtimiz vakillari dasturiy ta’minot bo‘yicha tahlil, dasturiy ta’minot arxitekturasi, dasturiy ta’minot ishlab chiqishning usullari, mobil hisoblash, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, axborot xavfsizligi kabi mavzularda amaliy darslarda ishtirok etdilar.

Shuningdek yosh o‘qituvchilarimiz Inxa universitetida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari va ilmiy labaratoriyalar bilan tanishib keldilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi PP-1942 sonli Farmoyishida ko‘zda tutilgan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ilmiy-pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish hamda moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va modernizatsiyalash maqsadida amalga oshirilgan. Mazkur farmoyishga muvofiq, joriy yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 60 dan ziyod mutaxassislari Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlarida axborot texnologiyalari sohasida magistratura va doktorantura yo‘nalishlarida tahsil olib qaytishlari rejalashtirilgan.

Mazkur o‘quv o‘z navbatida yurtimizda axborot-kommunikatsiya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarish, malakali mutaxassislarni tayyorlash, xalqaro bilim va tajribalarni yurtimizda tatbiq etishga xizmat qiladi.

Shuningdek, joriy yilning 6 fevral kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida Koreya Respublikasining Inxa universiteti prezidenti Pak Chunbe boshchiligidagi delegatsiya bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham axborot texnologiyalaro sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha mustahkam munosabatlar o‘rnatilgani, o‘z navbatida, bu ikkala mamlakatda soha rivoji uchun xizmat qilishi ta’kidlanib, O‘zbeksitonda AKTning rivojlanish istiqbollari, o‘zaro aloqalarning ahamiyati, istiqboldagi rejalar xususida to‘xtalib o‘tilgan edi.

1954 yilda asos solingan Inxa universiteti Koreya Respublikasining nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan hisoblanadi. 20 ming nafardan ziyod talaba ta’lim oluvchi mazkur o‘quv yurti «Joong Ang Ilbo» nashri tomonidan tuzilgan Koreya ta’lim reytingida injenerlik va axborot texnologiyalari yo‘nalishida eng yaxshi oliy o‘quv yurtlarining kuchli beshligiga kiritilgan.

Manba

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq