AVTECH kompyuter texnikasi endi CLICK tizimi orqali!

CLICK tizimiga yangi hamkor qo‘shildi – AVTECH onlayn-do‘koni! Endi CLICK foydalanuvchilari http://avtech.uz/ saytida kerak bo‘lgan kompyuter texnikani va periferiya jihozlarini tanlab, ularni komissiyasiz mobil telefonlari orqali va plastik karta hisobraqamidan to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

AVTECH kompaniyasi o‘z xizmatlarini 2001-yildan beri ko‘rsatib kelmoqda. Kompaniyaning asosiy yo‘nalishi axborot texnologiyalari sohasining rivojlantirishiga qaratilgan. Kompyuter, kompyuter korpuslari, uzluksiz energiya manbailari va boshqa periferiya jihozlarni ishlab chiqarish va bozorga taqdim qilish shu jumladandir. AVTECH kompaniyaning tovarlari keng assortiment bilan ajralib turadi va o‘zida yuqori sifat bilan qulay narxlarni birlashtiradi.

Tizim foydalanuvchilari hamkorning saytida kerakli jihozlarni tanlab, ularni “Savat”ga joylashlari kerak. Shundan so‘ng mijozlar «CLICK orqali to‘lash» («Oplatit cherez CLICK») tugmasini bosganlaridan keyin instruktsiyaga muvofiq internetdagi “Shaxsiy kabinet” yoki o‘zlarining mobil telefonlaridan USSD-menyu orqali to‘lovni o‘tkazishlari mumkin.

“AVTECH kompaniyasi bilan uzoq davr mobaynida hamkorlik qilib kelayapmiz. Va ushbu kompaniya endi CLICK tizimimizga qo‘shilganidan juda mamnunmiz. Endilikda tizimning barcha foydalanuvchilari ushbu kompaniyaning xizmatlaridan foydalanishlari va sotilayotgan tovarlariga yuqori baholarni berishlari mumkin. AVTECH kompaniyasining qo‘shilishi foydalanuvchilarimizga maksimal keng darajadagi onlayn-xaridlar uchun imkoniyatlar yaratishga qaratilgan intilishimizning yaqqol namunasidir”, — deb ta’kidladi CLICK kompaniyasining direktori Rustamov Ulug‘bek.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system