Ахborot texnologiyalari — bojxona xizmatida!

tam_17_03_2014

2014-yil 17-mart kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida chegara oldi bojxona postlarini zamonaviy katta hajmli inspeksion – tekshiruv komplekslari bilan jihozlash masalalariga bag’ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan tashkil etildi va unda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

tam_17_03_2014_1

Respublikani yanada ijtimoiy-iqtsodiy rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalarni hal qilishda respublika bojxona hududida samarali bojxona nazoratini va tovar almashishni boshqarib borishni hamda iqtisodiyotni rivojlanrishni rag’batlantirish va ichki bozorni himoyalashni ta’minlab, mamlakat iqtisodiy suverinitetini himoya qilishni ta’minlayotgan O‘zbekiston bojxona xizmati o‘rin tutadi.

tam_17_03_2014_2

Оrtib borayotgan ish hajmlarini kerakli darajada tezkor bajarish uchun Davlat bojxona qo‘mitasida barcha postlarda yangi texnologiyalarni, tekshirish va zarur texnik aloqa vositalari bilan jihozlangan texnika va uskunalarni joriy etish ustida doimiy ishlar olib borilmoqda. Misol uchun, «Davlat bojxona qo‘mitasi axborot-texnik siyosati konsepsiyasi»ga muvofiq bojxona organlari deyarli barcha asosiy yo‘nalishlari faoliyatini avtomatlashtiruvchi, axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, jamlash, tahlil qilish, saqlash va haqiqiy vaqt rejimida «bojxona posti — viloyat bojxona boshqarmasi — GTK» aloqa zanjiri bo‘yicha uzatishni ta’minlovchi DBQ yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilgan.

tam_17_03_2014_3

O‘tgan yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni keng joriy etishga muhim e’tibor qaratildi, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 10-avgustdan PQ-1595 Qarori bilan tasdiqlangan 2011-2015 yillarda davlat bojxona xizmati organlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha qabul qilingan choralarni izchillik bilan bajarish natijasida chegara oldi bojxona postlarini yuklarni ochmasdan, tekshirish uchun zamonaviy katta hajli inspektsion-tekshiruv komplekslari (ITK) bilan jihozlash bo‘yicha kompleks ishlar bajarildi.

tam_17_03_2014_4

Xususan, Afg’oniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston va Tojikiston bilan chegaralardagi bojxona postlari mobil (9) va temir yo‘l (2) IDK lari bilan jihozlandi. 2011-2015 yillarda moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha tasdiqlangan dasturga muvofiq chegara oldi bojxona postlari boshqa bojxona tekshiruvi vositalari bilan jihozlandi, ular quyidagilardan iborat:

    • qo‘ldagi narsalar va yuklarni tekshirish 23 rentgen-apparatlari komplekslari;
    • 66 videokuzatish tizimlari;

Radioaktiv materiallarni olib o‘tishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadlarida 2011-2013 yillarda 11ta bojxona postlarini radiatsion nazorati bilan qo‘shimcha jihozlash amalga oshirildi.

Mazkur uskunalar bojxona tekshiruvini rasmiylashtirish jarayonini tezlashtirish, vaqtini qisqartirish, tekshiruvni yanada sifatli o‘tkazish, haqiqiy vaqt davomida bojxona obyektlarini uzluksiz tekshiruvini amalga oshirish, korrupsiya holatlarini aniqlash va oldini olish, inson ishtirokisiz avtotransport vositalari harakatini nazoratni avtomatlashtirishni hamda metal materiallarini har tomonlama operativtahlilini o‘tkazish va ular tarkibida qimmatbaho va rangli metallar mavjudligini aniqlashga yordam beradi.

Hаr bir bojxona postida o‘rnatilgan zamonaviy vositalar va texnika yordamida sifatli tekshiruv amalga oshirilib, bu bojxona qonunchiligi buzilishining oldini olish, aniqlash va yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tadbir choralar samaradorligini oshirishga yordam beradi. xususan skaner qluvchi uskunalardan foydalanib tekshirish hollarida 2013-yilda bojxona qonunchiligini buzish 105 holatlari aniqlandi, musodara qilingan mulklarning umumiy qiymati 13,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Bundan tashqari, jismoniy shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiquvchilar endi DBQ saytida joylashtirilgan bojxona deklaratsiyasi blankasi T-6 shakli nusxasini olishlari mumkin.

Mazkur interfaol xizmatlar fuqarolar bojxona deklaratsiyasi T-6 shaklini o‘zlariga qulay vaqt va joyda (ish joyida, ofisda yoki uyda) kompyuterda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun yaratilgan, bu o‘z vaqtida deklaratsiyani to‘ldirish vaqtini tejash va bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish vaqtini qisqartirishga imkon beradi. Anjumanda jurnalistlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldilar.

Orphus system