Angrenda “Beeline”ning yangi sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisi ochildi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton MChJ QK) yangi savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi ishga tushirilganligini e’lon qiladi. 14 mart kuni Angrenda kompaniyaning navbatdagi o‘z salonining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi.

beeline_18_03_2014

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Toshkent hududiy filiali direktori Dmitriy Resh shunday dedi: “Tashqi sotuv tarmog‘ini rivojlantirish va yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni ta’minlash — bizning muhim vazifalarimizdan biridir. Mazkur sanoat shaxrida istiqomat qiluvchilar uchun yuqori darajali mijozlarga xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘lgan Angrendagi “Beeline”ning yangi ofisi ushbu yo‘nalishdagi muhim qadam hisoblanadi”.

beeline_18_03_2014_1

“Beeline”ning yangi aloqa salonida uchta mavzuli maydoncha ochildi — namoish doirasi, Status va abonentlarga xizmat ko‘rsatish.

beeline_18_03_2014_2

Ofis taqdimotiga ko‘plab mehmonlar tashrif buyurdilar, ular o‘sha joyning o‘zida “Beeline”ning eng oldi xizmat ko‘rsatish standartlarini baholay oldilar. Barcha kelganlar uchun $300 nominalli oltin raqamlar, “Beeline Club”ning imtiyozli kartalari va supersovrin – Samsung Galaxy S3 mini smartfoni o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system