“Beeline” va “Muloqot.uz” “Mening sevimli telefonim” tanlovi natijalarini sarhisob qilishdi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) va “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i “Mening sevimli telefonim” tanlovining natijalarini e’lon qilishmoqda.

beeline_17_03_2014

Eslatib o‘tamiz, 10 fevral kuni tanlovning maxsus bo‘limida http://muloqot.uz/group/6734 boshlangan tanlovda “Muloqot.uz” ijtimoiy tarmog‘ining barcha foydalanuvchilari ishtirok etishlari mumkin edi. Buning uchun o‘zining uchtagacha rasmini joylashtirish va rasmlardan birida eng ko‘p ovoz yig‘ish zarur edi. 3 martning 12:00gacha davom etgan musobaqada “Beeline”dan asosiy sovrin Samsung Galaxy Ace 2 smartfonini Avazbek Yo‘ldoshev birinchi o‘rin sohibiga aylanib qo‘lga kiritdi. Mashkura Ganixodjaeva (Beeline Wi-Fi router) va Sherzod Xolmedov (Huawey E177 3G modemi) ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblariga aylandilar.

beeline_17_03_2014_1

“Mening sevimli telefonim” tanlovida jami “Muloqot.uz”ning 10 000dan ortiq foydalanuvchilari ishtirok etishdi. Mukofotlash tantanali marosimi 14 mart kuni Le Grande Plaza mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Tafsilotlar: http://muloqot.uz/group/6734

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system