Beeline JobFair 2014 bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi
17.03.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) “Karyera+” gazetasi va MyJob.uz ishbilarmonlar tarmog‘i tomonidan tashkil etilgan JobFair 2014 yirik vakansiyalar yarmarkasidagi ishtirokining yakunlarini sarhisob qilmoqda. Tadbir 14 mart kuni poytaxtdagi “Uzexpocentre”da bo‘lib o‘tdi.

beeline_17_03_2014_2

“O‘tgan yili “Beeline” SuperJob rekruting portal tomonidan “Eng faol ish beruvchi” sifatida e’tirof qilingan edi, — deydi “Unitel”ning Jamoa bilan ishlash va tashkiliy rivojlanish bo’yicha direktori Yuliya Brusova. — Bunga sabab xodimlarni tanlashda kompaniyaning ochiqligi: barcha bo‘sh ish o‘rinlari ochiq ravishda kompaniyaning korporativ saytida nashr qilinadi. Bizning hamkasblarimiz yuzdan ortiq rezyumelarni yig‘dilar, va ayrim ish qidiruvchilar suhbatlalishga taklif qilindilar”.

“Beeline”ning stendida HR-direksiyasining mutaxassislari “JobFair 2014”ga tashrif buyurganlarga kompaniyada ishlash haqida maslahatlar berishdi, shuningdek “Beeline” rezyume shaklini to‘ldirishda yordam berdilar.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq