Koreya Respublikasining Axborot jamiyati masalalari bo‘yicha Milliy agentligi vakillari ishtirokida videomuloqot bo‘lib o‘tdi

kor_14_03_2014

2014 yilning 13 mart kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlantirish doirasidagi O‘zbekiston-Janubiy Koreya hamkorligi doirasida Axborot jamiyati masalalari bo‘yicha Milliy agentligi (NIA) hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazlari hamkorligida onlayn muloqot tashkil etildi.

Videomuloqot mobaynida koreyalik mutaxassislar idora faoliyatini axborotlashtirishning muhim jihatlari, loyihalarni rejalashtirish va boshqarish, qaror qabul qilish va dolzarb vazifalarni ishlab chiqish usullari, idoraviy boshqaruv, xodimlar o‘rtasida kommunikatsiya tizimini o‘rnatish, kadrlarni qayta tayyorlash va baholash, faoliyatni amalga oshirishda qo‘llaniluvchi tizimlar, kadrlar bilan ishlash va ishga qabul qilish mexanizmlari mavzuida taqdimot o‘tkazdilar.

Shuningdek, onlayn muloqot jarayonida “Elektron hukumat” tizimida davlat organlari boshqaruvining o‘ziga xos jihatlariga bag‘ishlangan savol-javob shaklidagi muhokamalar ham bo‘lib o‘tdi. Videokonferensiya yakunida har ikki tomon vakillari mazkur turdagi muloqotlarning dolzarbligi va “Elektron hukumat” tizimini joriy qilish yuzasidan olib borilayotgan hamkorlik va ish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati xususidagi fikrlari bildirildi.

Aytib o‘tish joizki, Axborot jamiyati masalalari bo‘yicha Milliy agentlik (NIA) Janubiy Koreya Respublikasining Davlat boshqaruvi va xavfsizligi vazirligi qoshida faoliyati yurtiuvchi davlat idorasi bo‘lib, Koreya Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining istiqboldagi taraqqyoiti, AKT tuzilmasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga mas’ul hisoblanadi.

Manba

Orphus system