“Beeline”dan yangi “Oson!” tarifi – yaqinlar bilan yanada ko‘p muloqot

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) “Oson!” yangi tarif rejasi ishga tushganligi haqida xabar beradi. Endi abonentlar do‘st va yaqinlari bilan butun O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroq, SMS va MMS orqali yagona narxda muloqot qila oladilar.

“Oson!” yangi tarif rejasida O‘zbekiston bo‘ylab barcha chiqish qo‘ng‘iroqlarning daqiqasi $0,02. Mahalliy SMS va MMS narxi ham $0,02dan iborat. Internet bir megabayt uchun — $0,10. Kunlik abonent to‘lovi — $0,05.

Boshqa tariflardan “Oson!” tarif rejasiga o‘tish bepul. O‘tish kodi *110*600# Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system