EVO kompaniyasi — CLICK tizimining yangi hamkori!

CLICK tizimiga yangi yirik hamkor — EVO internet-provayderi qo‘shildi! Endi CLICK tizimining foydalanuvchilari ushbu kompaniyaning xizmatlari uchun komissiyasiz va istagan paylarida to‘lovlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ldilar.

Joriy yilning 10-mart kuni tizimga EVO internet-provayderni ulatish ishlari tugatildi va shu kundan boshlab CLICK foydalanuvchilari ushbu kompaniya tomonidan O‘zbekiston Respublikasining deyarli barcha viloyat markazlarida taqdim qilinayotgan WiMAX texnologiyasi asosidagi internetga ulanish xizmatlari uchun to‘lashlari mumkin.

EVO kompaniyasining 802.16d standartidagi fikslangan WiMAX tarmog‘i Toshkent shahrida, Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida mavjud. Mobil WiMAX tarmoqlari esa mamlakatimiz poytaxti Toshkentda va Buxoro, Navoiy, Qarshi, Andijon va Namangan kabi yirik shaharlarda ishga tushirilgan.

CLICK tizimiga O‘zbekistonning yana bitta yirik internet-provayderining ulanishi CLICK kompaniyasida qabul qilingan va foydalanuvchilari uchun kundalik to‘lovlarni maksimal darajada qoplaydigan imkoniyatlar yaratishga qaratilgan strategiyaning amalga oshirilishining yaqqol misoli bo‘la oladi.

To‘lovlarni CLICK tizimiga ulangan mobil telefondan *880# USSD-so‘rovni yuborish bilan amalga oshirish mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, tizimdan foydalanish uchun internet tarmog‘iga ulanish va mobil telefonga qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatish talab etilmaydi.

Shu bilan birga, to‘lovlar my.click.uz va m.click.uz saytlarda joylashgan “Shaxsiy kabinet” orqali ham o‘tkazilishlari mumkin. Smartfon egalariga qo‘shimcha qulaylik yaratish va so‘rovlarga yanada tezroq ishlov berish maqsadida CLICK kompaniyasi o‘z hamkorlari bilan birgalikda Android va iOS operatsion tizimlar uchun maxsus ilovalar ishlab chiqargan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system