Hyundai Engineering and Construction Ltd Beeline Business mijoziga aylandi

Beeline Business (VimpelCom Ltd O‘zbekistonda) O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatida sintetik yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi zavodning qurilishiga shartnomani yutib olgan Janubiy Koreya Hyundai Engineering and Construction Ltd qurilish kompaniyasi uchun ma’lumotlar yetkazish xizmatini ta’minlovchisi qilib tanlandi.

beeline_11_03_2014

“Qurilish sohasidagi eng yirik halqaro yetakchilardan biri tomonidan bizga bildirilgan ishonchidan g‘ururlanamiz, – deydi “Unitel”ning korporativ sotuvlarni rivojlantirish bo‘yicha direktori Dmitriy Fisenko. – Ishonaman, hamkorimizning muhim chet el loyihalari bilan ishlash tajribasi, shuningdek O‘zbekistonda kelgusi munosabatlarni rivojlantirish istiqboli hamkorligimizni mustahkamlashga va yanada samarali qilishga imkon beradi”.

Hyundai Engineering and Construction Ltd bilan shartnoma 2 Mbit/s Internetdan foydalanish uchun imzolandi. Aprel oyida zavodning qurilishi boshlanishiga mavjud kanalni 8 Mbit/s qadar kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system