“Beeline” “Uchinchi avlod” dasturining oltinchi mavsumini ochmoqda

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom” Ltd O‘zbekistonda) “Uchinchi avlod – 2014” dasturinining ishga tushgani haqida e’lon qiladi.

Bugun Toshkent axborot texnologiyalari universitetining (TATU) anjumanlar zalida “Beeline”ning noyob loyihasining yangi bosqichiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. 2014 yilda dastur doirasida TATUning III va IV kurs talabalari kompaniyaning tijorat direksiyasi, axborot texnologiyalari direksiyasi, hamda texnik direksiyalarida amaliyot o‘tashlari mumkin.

beeline_10_03_2014

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha Direktori Yuliya Brusova shunday dedi: “Yil sayin biz eng yaxshi talabalarga telekom-sohasining yetuk kompaniyasida karyera boshlash imkonini beramiz. Aynan bu yerda ular tanlagan sohada professional sifatida kelgusi rivojlanishlari uchun baholi tajriba, bilim va malaka olishlari mumkin. Talabalar oldida “Beeline”da o‘sishning barcha istiqbollari ochiladi. Ishonaman, “Uchinchi avlod” dasturi tufayli bizning kompaniyamizda yosh, muvaffaqiyatli va maqsad sari intiluvchan xodimlarning soni yanada ko‘payadi”.

“Uchinchi avlod” dasturi birinchi bor “Beeline”da 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi № PQ-916 sonli Qarori bilan tasdiqlangan, O‘rta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulot va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish doirasida ishga tushirilgan edi. Dasturning maqsadi — Kompaniyada amaliyot o‘tash va ishlash, shuningdek, o‘ta murakkab vakansiyalar uchun eng yaxshi talabalаrni tanlab olish.

“Uchinchi avlod – 2014” dasturida ishtirok etish uchun Xalqaro Vestminster universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti va Toshkent Moliya instituti bakalavr bitiruvchi kurs talabalari taklif etilgan.

Amaliyot natijalari bo‘yicha eng muvaffaqiyatli talabalarga oliygohdagi o‘qish bilan kelishtirilgan holda individual ish tartibi, kelajakda esa – “Beeline”da doimiy ish o‘rni taklif qilinadi. Dasturda ishtirok etish uchun so‘rovlar va rezyumelar 2014 yilning 15 mayiga qadar graduate@beeline.uz electron manzili bo‘yicha qabul qilinadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system