O‘zbekistonda Beeline abonentlarining soni 10,5 milliondan oshdi

6 mart kuni yetakchi halqaro telekommunikatsion provayderlardan biri VimpelCom Ltd (O‘zbekistonda “Beeline” savdo belgisi) 2013 yilning IV choragi bo‘yicha moliyaviy va operatsion natijalarini e’lon qildi.

Dekabr oyining natijalariga ko‘ra O‘zbekistondagi eng yirik aloqa operatori abonentlarining soni 10 518 000ga yetdi. Shunday qilib, yil davomida abonent shartnomalari sonining o‘sishi – 324 000 yoki 3%ni tashkil qildi.

Bir oy davomida bitta mobil abonentiga bo‘lgan o‘rtacha hisob (ARPU ko‘rsatkichi) IV chorakda 3% $5,5 ga qadar o‘sdi. Bunda MOU ko‘rsatkichi (bir oyda bitta abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar soni) chorak mobaynida 2% 493 daqiqagacha pasaydi (iyul-sentyabr 504ga nisbatan).

O‘zbekistonda EBITDA to‘g‘rilangan ko‘rsatkichi (asosiy vositalarning ishdan chiqishi, aktivlarning qadrsizlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan nomoddiy aktivlar va zararlarning amortizatsiyasini hisoblashgacha bo‘lgan operatsion foyda) 2012 yilning IV choragiga nisbatan 18% o‘sdi. Yildan-yilga operatsiyalarning marjinalligi 3,5 foizlik punktdan ko‘pga o‘sdi.

Tafsilotlar www.vimpelcom.com saytida

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system