“Beeline”dan yangi “Bravo Ooo!” tarifi – barcha abonentlar uchun yanada ko‘p bonuslar
05.03.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom” Ltd O‘zbekistonda) yangi “Bravo Ooo!” tarifining ishga tushgani haqida xabar beradi. Endi ushbu tarifda balans $2,99dan ortiq mablag‘ga to‘ldirilganda kompaniya abonentlari ikki marotaba ko‘p bonuslar – 7 kunga 200 daqiqani va qo‘shimcha 200 daqiqani dam olish kunlarida tarmoq ichidagi suhbat uchun qo‘lga kiritadilar.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev shunday dedi: “Biz mazkur taklifni oddiy bonusli aksiyadan bepul muloqot uchun yanada ko‘p bonusli haqiqiy tarif rejasigacha rivojlantirib oldinga ulkan qadam tashladik. Ko‘plab abonentlarning istaklariga ko‘ra har safar xisob $2,99dan ortiq mablag‘ga to‘ldirilganda bepul 400 daqiqani qo‘lga kiritish imkonini uzaytirdik. Bundan tashqari, hisobda mavjud barcha mablag‘lar aloqaning boshqa xizmatlariga sarflash uchun balansda qoladi”.

Yangi “Bravo Ooo!” tarifida tarmoq ichidagi chiqish qo‘ng‘iroqlarining daqiqasi $0,02ni tashkil etadi. O‘zbekiston bo‘yicha qolgan chiqish qo‘ng‘iroqlarining daqiqasi — $0,03. Mahalliy SMS‘lar narhi $0,02, MMS — $0,05 tashkil etadi, Internet – bir megabayt uchun $0,10. Kunlik abonent to‘lovi — $0,06.

Barcha tariflardan “Bravo Ooo!” rejasiga o‘tish bepul. O‘tish kodi *110*565# Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq