O‘zbekiston – BAA futbol o‘yiniga chiptalarni CLICK orqali xarid qilish mumkin
04.03.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

CLICK tizimining foydalanuvchilari 5-mart kuni “BUNYODKOR” stadionida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston – BAA futbol o‘yiniga chiptalarni o‘z mobil telefonlari orqali xarid qilishlari mumkin.

“Bunyodkor” stadionining ma’muriyati bilan kelishuvi natijasida CLICK tizimining foydalanuvchilari 5-mart kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-BAA futbol o‘yiniga chiptalarni xarid qilishlari mumkin. Bahs 2015 Osiyo Kubogining saralash turniri doirasida o‘tkaziladi.

CLICK tizimining foydalanuvchilari chiptalarni istagan paytda va istagan joydan turib, xarid qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Buning natijasida boshqa viloyatlarda istiqomat qiladigan CLICK foydalanuvchilariga chiptalarni uzoqdan turib, stadion kassalariga murojaat etishga ketadigan transport xarajatlarisiz xarid qilish imkoni yaratildi.

Chiptalar narxi 15 000 so‘m. Bundan tashqari, CLICK foydalanuvchilari futbolni do‘stlar va yaqinlar bilan birga tomosha qilish uchun VIP-xonalarga ham chiptalarni sotib olishlari mumkin.

Chiptalarni xarid qilish uchun foydalanuvchilar USSD-menyuga kirib, “FUTBOL” punktini tanlashlari va chipta turiga qarab, to‘lov o‘tkazishlari kerak. To‘lov o‘tgandan keyin ularga maxsus kod ko‘rsatilgan SMS-xabarnoma yuboriladi. Ushbu xabarnomani stadion kassasida ko‘rsatish lozim bo‘ladi. Kassada elektron chiptaning aslligi tekshirilgandan keyin foydalanuvchiga stadion ma’muriyati tomonidan qabul qilingan chipta beriladi.

Sotuv davri chegaralanganligi sababli chiptalar faqat *880# USSD-so‘rovi orqali ochiladigan menyuda xarid qilish mumkin. Ta’kidlash lozimki, buning uchun Internetga ulanish va mobil telefonga qo‘shimcha ilovalarni o‘rnatish kerak emas. SMS-xabarnomani uchinchi shaxslarga yuborish yoki uzatish taqiqlangan. Shunday hollarda chipta bekor qilinadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq