“Beeline” va “Lotte City Hotel Tashkent Palace” 8 mart kuniga “Romantika oqshomi” tanlovini o‘tkazmoqdalar
03.03.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom” Ltd O‘zbekistonda) va “Lotte City Hotel Tashkent Palace” birgalikda 8 mart kuniga bag‘ishlangan “Romantika oqshomi” tanlovini “Facebook”dagi Yorqinlar Uyushmasida o‘tkazmoqdalar.

7 martning 12:00gacha “Beeline Uzbekistan” foydalanuvchilari sharh orqali sevimli ayollarni Halqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaydilar. 7 martning 12:00gacha eng ko‘p “Like” (Menga ma’qul) belgisini to‘plagan ishtirokchi g‘olib deb topiladi va 8 mart kunidagi bayram tushligiga ikki kishilik taklifnomani qo‘lga kiritadi.

beeline_3_03_2014

“Bahor – bu sof tuyg‘ular uyg‘ongan romantika va yangilanish payti, va bu paytda yaqinlarga eng yoqimli onlarni sovg‘a qilging keladi, — deydi “Unitel”ning press-sekretari Yuliya Melentyeva. — “Lotte City Hotel Tashkent Palace” bilan birgalikdagi tanlovimiz barcha xotin-qizlarimizga yoqadi, deb umid qilamiz”.

Eslatib o‘tamiz, “Beeline Uzbekistan” sahifasi Markaziy Osiyodagi eng yirik Facebook-uyushma xisoblanib, 130 000dan ortiq kishilarni birlashtiradi. Tafsilotlar http://www.facebook.com/beeline.uz va https://www.facebook.com/LotteCityHotelTashkent saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq