“Beeline Uzbekistan” “Play Market” bepul biznes-ilovalari orasida yetakchilik qilmoqda

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom” Ltd O‘zbekistonda) Android uchun bepul mobil biznes-ilovalar reytingida bosh pog‘onani egalladi. “Play Market” ilovalari orasidagi o‘z toifasida o‘n minglab yuklab olishlar “Beeline Uzbekistan”ni rahnamoga aylantirdi.

beeline_28_02_2014

“Yuklab olishlar soni — planshet va smartfon foydalanuvchilari orasida ilova ommabopligi va “Beeline” xizmatlariga talabdorlikning eng yaxshi ko‘rsatgichi, – deydi “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Biz Android va iOS uchun debyut ishlovimizni abonentlarni jalb qilgan holda vazifadorligini kengaytirib doimiy ravishda takomillashtirmoqdamiz. Yaxshi misol – “Facebook”da foydalanuvchilar bilan fikr almashish uchun amalga oshirilgan va ilovaga ko‘pgina foydali o‘zgartirishlar kiritishga imkon bergan “Mobil laboratoriyasi” loyihasidir”.

Eslatib o‘tamiz, ilova kompaniya abonentlariga o‘z raqamini boshqarish uchun barcha kerakli xizmat va buyruqlar qo‘l ostida bo‘lishiga yordam beradi. Bundan tashqari, uning noyob instrumentariyi tufayli faqat “Beeline” abonentlari uchun balans tekshirish va qolgan Megabaytlarni “Apple”ning iPad planshetlaridan bilish mumkin.

“Beeline Uzbekistan” ilovasi quyidagi manzillar bo‘yicha mavjud:
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.beeline.odp
https://itunes.apple.com/us/app/beeline-uzbekistan/id722072887?mt=8

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system