Axborot-kutubxona faoliyatining rivojlanish masalalari muhokama qilindi

Stitched Panorama

2014 yil 26 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Respublika axborot-kutubxona markazi hamda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorlikda “Ta’lim uchun ochiq elektron axborot manbaalari” mavzuida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda Toshkent shahar hamda viloyatlar Axborot kutubxona markazlari, ta’lim muassasalari Axborot-resurs markazlari mutaxassislari mavzu doirasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan seminar butun yurtimizni qamrab oldi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi Axborot-kutubxona muassasalari oldiga o‘quvchilarga xizmatlarni AKT yordamida yangicha usulda taqdim etish, ehtiyoj mavjud yangi xizmat turlarini tashkil qilish vazifalarini qo‘ymoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 fevraldagi «2011 — 2015 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari ko‘rsatishni sifat jihatidan rivojlantirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-1487-son qarorida ham mazkur masalalar yuzasidan muhim chora-tadbirlar belgilab berilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini AKMlar faoliyatiga keng joriy qilish bo‘yicha samarali natijalarga erishilmoqda.

Seminar mobaynida soha mutaxassislari Jahon bankining ochiq elektron axborot manbaalari va boshqa ochiq axborot manbaalari hamda ulardan muayyan axborotni qidirish usullari bilan, shuningdek, ishtirokchilar axborot mualliflari va axborot resurslari egalariga o‘z tadqiqotlari yuzasidan kerak bo‘ladigan manbaalarga erkin kirish xuquqini olish, hamkasblari va foydalanuvchilarni fan va sohadagi innovatsiyalar bilan tanishtirish, ularni soha rivoji va qo‘shimcha qulayliklardan boxabar qilishning zamonaviy usullari bilan tanishdilar.

Tadbirda xorijlik mutaxassislar tomonidan o‘rta maxsus ta’limi tizimi rivojlanish sifatini oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborotga oid manbaalar hajmining ortishi, alohida axborot saqlash tizimini yaratish va ushbu axborot tizimiga ulanish usullari, axborot saqlovchilar (kutubxonachi va soha mutaxassislari) hamda foydalanuvchilar, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchilardan yangi bilimlarni o‘zlashtirish talab qilinishi qayd etildi.

Manba

Orphus system