.UZ zonasida domen nomlarning akkreditatsiyadan o‘tgan REGNAME.UZ ro‘yxatchisi CLICK tizimining hamkorlar safida!

CLICK tizimining hamkorlar safiga domen nomlarning akkreditatsiyadan o‘tgan ro‘yxatchisi REGNAME.UZ qo‘shildi va endi tizimning barcha foydalanuvchilari uning xizmatlari uchun o‘z mobil telefonlaridan yoki internet orqali to‘lashlari mumkin.

Joriy yilning 26-fevral kundan boshlab CLICK tizimining foydalanuvchilari http://regname.uz sayti orqali domenlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish kabi «Qoraqalpog‘iston kompyuterlashtirish markazi» DUKning barcha xizmatlariga to‘lovlarni o‘tkazishlari mumkin.

Vazirlar Kengashi qoshida tashkil topgan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va kompyuterizatsiyalash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Koordinatsion Kengashining ish guruhi vazifasini bajarib kelayotgan «Qoraqalpog‘iston kompyuterlashtirish markazi» davlat unitar korxonasi endilikda CLICK tizimi bilan hamkorlikni boshladi. Ushbu Markaz .UZ zonasida domen nomlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqa turli xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda. Shular ichida saytlarni ishlab chiqish va TAS-IXda ularning xostingini ta’minlab berish, lokal hisoblash tarmoqlarni va informatsion tizimlarini ishlab chiqarish va hokazolar.

To‘lovlarni CLICK tizimiga ulangan mobil telefondan *880# USSD-so‘rovni yuborish bilan amalga oshirish mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, tizimdan foydalanish uchun internet tarmog‘iga ulanish va mobil telefonga qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatish talab qilinmaydi.

Shu bilan birga, to‘lovlar my.click.uz va m.click.uz saytlarda joylashgan “Shaxsiy kabinet” orqali ham o‘tkazilishlari mumkin. Smartfon egalariga qo‘shimcha qulaylik yaratish va so‘rovlarga yanada tezroq ishlov berish maqsadida CLICK kompaniyasi o‘z hamkorlari bilan birgalikda Android va iOS operatsion tizimlar uchun maxsus ilovalar ishlab chiqargan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system