Farg‘ona viloyatining aholisi “Beeline”dan “Bayram!” reklama roligini yoqtirishdi
27.02.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (VimpelCom Ltd O‘zbekistonda) O‘zbekistonning eng ko‘p aholili hududi – Farg‘ona vodiysi aholisining afzal ko‘rishlari asosida tuzilgan Media Network kompaniyasi va Taraqqiyot telekanalining reyting talqiniga ko‘ra eng yaxshi reklama roliklarining TOP-10taligiga kirdi.

2013 yil reytingini tuzish jarayonida Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari teletomoshabinlarining fikrlari, hamda kreativ va professionalizm kabi boshqa muhim mezonlar ham hisobga olindi.

Voqeani sharhlar ekan “Unitel”ning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov shunday dedi: “Vodiyda “Beeline” an’anaviy tarzda birinchi raqamli operator hisoblanadi, va biz ikki yil davomida hamkorimiz Samsung bilan birgalikda Taraqqiyot reytingida boshchilik qilayotganimizdan xursandmiz. Biz abonentlar ishonchini qadrlaymiz, va eng oldi va kreativ g‘oyalarni hozirgi zamonga kiritish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilmoqdamiz”.

Belgilab o‘tamiz, “Beeline” — “Taraqqiyot”ning short-listiga kirgan yagona uyali aloqa operatori. Bundan tashqari, reytingning to‘rtinchi pog‘onasini operator bilan birgalikdagi 2013 yilning “Muloqottan ZZavqlan!” yoshlar loyihasini taqdim etuvchi Pepsi videosi egalladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq