Apple planshetlari endilikda “Beeline”ning Samarqanddagi ofislarida ham mavjud
26.02.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom” Ltd O‘zbekistonda) Samarqanddagi kompaniya xususiy ofislarida eng yangi iPad planshetlarining sotuvi boshlanganligi haqida xabar beradi.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Markaziy hududiy filialining direktori Dilshod Anarmetov shunday dedi: “Yaqinda “Beeline” O‘zbekistondagi “Apple”ning hamkoriga aylandi, va bugun innovatsion moslamalar samarqandlik abonentlarimiz uchun mavjudligidan xursandmiz. Ishonaman, kompaniya mijozlari bu qadamni munosib baholaydilar, chunki xizmat ko‘rsatishni yuqori darajaga ko‘tarish avvaldagi kabi bizning strategik ustuvorligimiz xisoblanadi”.

beeline_26_02_2014

Eslatib o‘tamiz, 14 fevral kuni “Beeline”ning Toshkentdagi markaziy ofisidagi prezentatsiyada iPad Air va Retina displeyli iPad Mini planshetlarining sotuviga start berildi.

BMTdagi “Apple” distribyuterining Markaziy Osiyodagi biznesni rivojlantirish menejeri Andrey Petrovskiy: ““Beeline” savdo tarmog‘i bilan strategik hamkorlik O‘zbekistonning barcha hududlarini qoplashni va mamlakatning eng asosiy shaharlarida iPad planshetlarining sotuvini kafolatlaydi”.

Poytaxtning “Beeline” salonlaridagi “Apple” planshetlarining bahosi:

  • Retina displeyli iPad Mini 32 Gb – 2 299 000 so‘m;
  • Retina displeyli iPad Mini 64 Gb – 2 599 000 so‘m;
  • iPad Air 32 Gb – 2 599 000 so‘m;
  • iPad Air 64 Gb – 2 899 000 so‘m.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq